Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Qahramon Aslanov: "Superliga haqida dastlabki 4 taassurot"

Qahramon Aslanov: "Superliga haqida dastlabki 4 taassurot"

Baho:
+ | -

1-mart kuni yangi formatdagi O‘zbekiston chempionati — Superliga start oldi. Ayni vaqtga kelib 2-tur o‘yinlari ham o‘tkazib bo‘lindi. Bu mavsumda O‘zbekiston chempionatida qanday o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Quyidagi maqolada shu haqda.

TRANSLYASIYALAR

Bu katta voqea. O‘zbek futboli tarixida birinchi marta turning hamma uchrashuvi to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib ko‘rsatilmoqda. O‘zbekiston chempionati muxlislarini ko‘paytirish va targ‘ib qilishning bundan samaraliroq yo‘lini bilmayman.

Har bir o‘yinning jonli efirda olib ko‘rsatilishi muxlislar orasida u yoki bu o‘yin yoki vaziyat haqida tasavvur hosil qiladi. Ayniqsa, OAV uchun o‘yinlarni keng yoritib borish va tahlil qilish, eng yaxshi futbolchilarni aniqlash, hakamlar bilan bog‘liq vaziyatlarga ob’ektiv baho berish imkonini beradi.

Bu tomondan «Sport TV» ham juda katta qadam tashlaganini e’tirof etish kerak. Translyasiyalarni amalga oshirish va bu ishda qanchalab odamlar qattiq mehnat qilayotganini eshityapmiz, shu bilan birga masalan tur o‘yinlari haqida tahliliy ko‘rsatuvlarga harakat qilinayotgani tahsinga sazovor.

Misol uchun «Referi taym» menga yoqdi. Har bir o‘yinda sodir bo‘lgan bahsli vaziyatlar professional nuqtai nazar bilan tahlil qilib boriladi. Faqat bitta e’tirozim bor. Bilishimcha, bu ko‘rsatuv O‘FA bilan hamkorlikda tayyorlangan va assosiasiya ushbu ko‘rsatuvga mas’ul xodimini jo‘natishni zimmasiga olgan. Bu bir tomondan yaxshi, chunki bunday ko‘rsatuvlarga mutaxassilarni har safar topish va ularni gapirtirish oson emas. Ammo ikkinchi tomondan, tahlil uchun mustaqil ekspertning bo‘lgani durust edi. Sobiq hakam yoki mutaxassis vaziyatlarni tahlil qilsa va kerak bo‘lganda, hakamning xatolarini ham ochiq ayta olsa... Ana shunda ko‘rsatuvning qiziqarliligi va xolisligi ortardi, nazarimda.

«REAL» YOKI «PAXTAKOR»?

Aytilishicha, Superligadagi uchrashuvlar vaqti «Sport TV» kanali va Liga o‘rtasidagi kelishuvlar asosida belgilanib boriladi. Hatto agar Sport kanalida qandaydir muhim translyasiya (masalan, A Seriyaning markaziy o‘yini yoki boshqa sport o‘yinlari) ko‘zda tutilgan paytlarda, Superliga uchrashuv vaqtini televideniyega moslashi ham mumkin ekan. Bu yaxshi va xalqaro marketingda kuzatiladigan holat.

Ammo, o‘tgan ikki turning eng markaziy uchrashuvi «Bunyodkor» va «Paxtakor» o‘rtasidagi o‘yin «Manchester Yunayted» - «Liverpul», «Eybar» – «Real» uchrashuvlari bilan bir paytda bo‘lib o‘tdi. To‘g‘ri, bu o‘yinlar «Sport TV»da translyasiya qilinmaydi, umuman, futbol uchrashuvining hech qayerda futbol bo‘lmayotgan paytda o‘tkazilishini talab qilish noo‘rin. Lekin, hech e’tibor berganmisiz, «El Klassiko» hech qachon Angliyadagi biror markaziy o‘yin bilan bir paytga qo‘yilmaydi. Bu yerda muxlis qizig‘ini ko‘rsin deb raqobat qilish emas, muxlislarga tanlov imkoniyatini berish, iloji boricha o‘yin auditoriyasini kengaytirish muhim darajaga chiqadi.

Aytaylik, «Olmaliq» – «Navbahor» o‘yinini o‘sha paytga qo‘yish u qadar xato emas. Namanganlik muxlislar baribir «Navbahor» tanlashadi va o‘z jamoalarining safardagi o‘yinini ko‘radi. Parallel o‘yinlar bu o‘yin auditoriyasiga u qadar katta ta’sir qilmasligi mumkin. Lekin Toshkent derbisi turnirning markaziy o‘yinlaridan biri, asosiysi, neytral muxlislarni jalb qilish mumkin va kerak bo‘lgan uchrashuvlardan biri. Neytral muxlis esa, bir paytda bo‘layotgan uch o‘yindan birini tanlaydi. «Real» va «Manchester Yunayted» muxlislarini ham shu qatorga qo‘shing. Ya’ni, hozircha Ligamiz yuqoridagi o‘yinlar bilan hatto o‘zimizda ham raqobatlasha olmas ekan, o‘yin vaqtini belgilashda e’tiborliroq bo‘lishlarini so‘rab qolardim.

NOQULAY MAYDONLAR

Martning boshi mamlakatimizda futbol o‘ynash uchun noqulay ekani sezildi. Ba’zida og‘ir operasiyalar paytida kasalxonalardayam svet o‘chib qolish holatlari bo‘lib turishini e’tiborga olib, projektorlarning o‘chib qolganini vahima qilmaymiz, xo‘p. Lekin ba’zi stadionlardagi chimning holati talabga javob bermasligi uchrashuv kartinasiga salbiy ta’sir qildi. Qo‘qonni-ku, gapirmasayam bo‘ladi, jamoa 2-turgacha maydonini tayyorlay olmagani sababli, endi u yerda mavsum ochilishi 4-turda bo‘lib o‘tadi.

Tabiiy yo‘l bilan maydon chimini sifatli qilish imkoniyati hamma ham yo‘q ekanini e’tiborga olinadigan bo‘lsa, menimcha, mavsum boshlanishini biroz kechroqdan boshlash maqsadga muvofiq edi. Navro‘z arafasida yoki martning oxirlarida hamma joyda stadionlar sifatli futbol uchun mos bo‘lib qolishi shubhasiz. O‘yinlarning kechki paytlarga ham mo‘ljallanilayotganidan kelib chiqsak, yozni tanaffusni biroz qisqartirgan holda, taqvim muammosini bemalol yechish mumkin.

CHEMPIONLIK INTRIGASI

Negadir, mavsum boshidanoq, «Lokomotiv», «Paxtakor» yoki «Nasaf»ni qo‘ya turaylik, «Navbahor», «Qo‘qon», «Metallurg», «Neftchi» va menimcha, boshqa jamoalar ham, o‘zlarining chempionlik uchun kurashishlarini ma’lum qilishdi. To‘g‘risi, hayron qoldim, ko‘pincha, moliyaviy imkoniyatlardagi farqlarni bahona qilib, o‘rtamiyonalikni oqlashga urinadigan jamoalarning ambisiyalari bu qadar oshib ketganining sababi nima ekan? Tarkiblar o‘sha-o‘sha, bilishimcha, Klaudio Ranyeri hali ham «Nant»da ishlab yuribdi, chet ellik investorlardan darak yo‘q, qanday qilib, kechagina arang ligada o‘z o‘rnini saqlab qolgan yoki «Sementchi» tarkibini ko‘chirib kelgan jamoalar chempionlik haqida og‘iz ochadi? Nahotki gap faqat formatda bo‘lsa, axir, Superligadagi har bir jamoa hali birorta ochko to‘plamasdan turib, kuchli 12talikdagi o‘rnini naqd qilib qo‘yishdi, nima dedingiz? Endi ularda faqat bir maqsad – chempionlik uchun kurash qoladi-da, albatta.

Gapni aylantirish shart emas, rostini aytganda, kimdur jamoalarga aynan mana shunday bayonotlar bilan chiqishni tavsiya qilgandek tuyuldi menga, tag‘in bilmadim. Uslubga qarasak, hali ariqdan sakrab o‘tmasdan turib, maqtanish futbolimizning xarakteriga juda yopishib bormoqda. Format o‘zgardi, juda bahsli tarzda o‘zgardi, ba’zi e’tirozlarga javoban, aynan jamoalar sonining kamayishi chempionatimizni qizitib yuborishi haqida bong urildi. Shunday ekan, kamtargina jamoalarimizni jang arafasidagi boksyorlar yoki toredo qafaslaridagi buqalarga monand tanishtirish zarar qilmaydi.

Tavakkalchining ishini xudo o‘nglabdi, deganlaridek, hozir hech qanday e’tiroz qila olmaymiz ham, qizig‘i. Ana, Angliya yoki Germaniyada chempion allaqachon aniq bo‘lib turgan paytda, bizda birinchi va oxirgi o‘rinlar o‘rtasidagi farq atigi 4 ochkoni tashkil qilmoqda. Dahshat! Hammada chempionlikka imkoniyat bor, olg‘a!

Qahramon Aslanov

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 12:43, 12.03.2018.
O'qildi: 4666 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.