Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl

O‘zbekistondagi sport inshootlarida oilaviy sektorlar tashkil qilinadi

O‘zbekistondagi sport inshootlarida oilaviy sektorlar tashkil qilinadi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti, O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov tashabbusi bilan yaqin vaqtlar ichida O‘zbekistondagi sport inshootlarida oilaviy sektorlar tashkil etiladi.

Mamlakatimizda bunday sektorlar eng avvalo futbol o‘yinlari o‘tkaziladigan stadionlarda joriy qilinadi. Keyinchalik esa boshqa sport majmualarida, hususan usti yopiq inshootlarda ham musobaqalarni maxsus sektorlarda kuzatish mumkin bo‘ladi. U yerda sport tadbirlarini oilaviy tomosha qilish, madaniy hordiq chiqarish uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi.

Bu mamlakatimizda sportni ommaviylashtirish maqsadida qo‘yilgan navbatdagi qadamlardan biridir. Ana shunday maxsus sektorlarda jamiyatning asosiy negizi hisoblangan oilalar sport musobaqalarini bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Hozirda Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionida mana shunday oilaviy sektorlar mavjud. Stadionga o‘z oilasi bilan tashrif buyuradigan muxlislar o‘yinlarini alohida  sektorlarda tomosha qilishi mumkin.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 13:07, 12.03.2018.
O'qildi: 1752 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.