Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Umid Ahmadjonov: «To‘xtash yo‘q, oldinga intilishda davom etinglar»

Umid Ahmadjonov: «To‘xtash yo‘q, oldinga intilishda davom etinglar»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Bugun O‘zbekiston futbol Assosiasiyasida Xitoy Taypeyida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida bronza medallarini qo‘lga kiritgan futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Taylandda o‘tgan 18 yoshgacha bo‘lgan Zaif eshituvchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘alaba qozongan futzalchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘FA 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov, O‘FA mas’ullari, futzalchilar va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Futzalchilarga mukofot pullarini O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘FA 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov topshirdi.

“Qo‘lga kiritilgan yuksak natijalar bilan barchangizni yana bir bor tabriklayman. Erishilgan bu yutuqlar bilan to‘xtab qolmanglar. Oldinga intilishda davom etinglar. Buning uchun O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib bermoqda. Barchamiz bir oila bo‘lib, birgalikda harakat qilsak, bundan ham katta natijalarni qo‘lga kiritamiz", - dedi Umid Ahmadjonov.

Eslatib o‘tamiz, futzal bo‘yicha milliy terma jamoamiz Xitoy Taypeyidagi Osiyo chempionatida 3-o‘rin uchun bahsda Iroq terma jamoasini mag‘lub etib, bronza medallarini qo‘lga kiritishgandi. Ushbu yuksak natijaga erishgan futzal terma jamoasining har bir a’zosiga 24 564 000 so‘m miqdorida mukofot puli berildi.  

O‘tgan yili Taylanda o‘tgan U-18 World Deaf Futsal Championship — futzal bo‘yicha zaif eshituvchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati g‘olib chiqqan futzalchilar esa ushbu ajoyib g‘alaba uchun 15 dekabr kuni O‘zbekiston futbol federasiyasida bo‘lgan marosimda mukofotlanishgan edi. O‘shanda har bir futzalchiga 2 000 000 so‘m miqdorida mukofot puli taqdim qilingan. Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, U-18 World Deaf Futsal Championship norasmiy musobaqa bo‘lib, FIFA tasnifiga kirmaydi.

O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi qaramog‘ida esa faqat FIFA tasnifiga kiruvchi terma jamoalar bo‘ladi. Shunga qaramay, U-18 World Deaf Futsal Championship — futzal bo‘yicha zaif eshituvchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatidag‘olib chiqib, Vatanimiz bayrog‘ini yuksakka ko‘targani uchun yosh futzalchilarga O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi yana bir bor mukofot pullari taqdim qilishga qaror qildi. Bu safar Zaif eshitiuvchilar terma jamoasining har bir a’zosiga 16 376 000 so‘m miqdorida mukofot taqdim qilindi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 15:27, 12.03.2018.
O'qildi: 3519 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.