Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Osiyoning eng yaxshi ayol kurashchisi O‘zbekistonda!

Osiyoning eng yaxshi ayol kurashchisi O‘zbekistonda!

Baho:
+ | -

Joriy yil 22-25 mart kunlari Hindistonning Puna shahrida kurash bo‘yicha Osiyo chempionati va 18 avgust – 2 sentyabr kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tadigan Yozgi Osiyo o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Xitoy Taypeyi terma jamoasi Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda. 

Xitoy Taypeyi terma jamoasi a’zolari orasida 2017 yil yakunlari bo‘yicha Osiyo – Okeaniya kurash konfederasiyasi tomonidan “Yilning eng yaxshi ayol kurashchisi”, deb topilgan Yang Xsiyen-tzu (Xitoy Taypeyi) ham bor. 

photo5276315586416191667.jpg 
Yang Xsiyen-tzu 1985 yil 19 mart kuni Xitoy Taypeyining Tyunan shahrida tug‘ilgan. 5 yoshidan gimnastika mashg‘ulotlariga qatnagan. 11 yoshidan esa maxsus sport maktabiga qabul qilingan. Kurash, dzyudo bo‘yicha bir necha marotaba mamlakat chempioni. 2005 yildan kurash bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalar ishtirokchisi. Ikki karra jahon chempioni. 

2017 yil Turkmanistonning Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tgan yopiq inshoatlar va jang san’atlari bo‘yicha V – Osiyo o‘yinlarida 78 kilogramm vaznda barcha raqiblari ustidan sof g‘alabaga erishib, oltin medalni qo‘lga kiritgan. 

– Kurash vataniga kelganimdan mamnunman, – deydi Yang Xsiyen-tzu. – Kurash o‘zining jozibadorligi bilan meni rom etgan, ushbu sport turi irodamni sinovdan o‘tkazishga yordam beradi. Jamoamiz a’zolarining kurashni dunyoga taqdim etgan O‘zbekistonga hurmati juda baland. 

Mazkur o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari bilan birgalikda o‘tkazilmoqda. Mamlakatimiz vakillari ikkita tarkibda jalb qilingan. Yig‘in 20 mart kuni yakuniga yetishi va polvonlarimiz 21 mart kuni Hindistonga uchib ketishi rejalashtirilmoqda. 

Ma’lumot uchun, 2017 yilning eng yaxshilari bo‘yicha nominasiya g‘oliblarini taqdirlash marosimi joriy yilning 23 mart kuni Puna shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo – Okeaniya kurash konfederasiyasi kongressida bo‘lib o‘tadi.  
Manba: www.uza.uz
Kiritildi: 19:10, 12.03.2018.
O'qildi: 3267 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.