Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Vitaliy Denisov SSKA yoki «Krasnodar»ga o‘tishi mumkin

Vitaliy Denisov SSKA yoki «Krasnodar»ga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

Moskvaning «Lokomotiv» klubi himoyachisi Vitaliy Denisov yozda boshqa jamoaga o‘tishi mumkin. 31 yoshli futbolchiga Rossiyaning SSKA va «Krasnodar» klublari da’vogarlik qilishmoqda.

O‘zbekistonlik futbolchining "temiryo‘lchilar" bilan shartnomasi shu yilning yozida yakuniga yetadi. Shu bois, u yangi jamoa safiga erkin agent sifatida qo‘shilishi mumkin. Krasnodarliklar Vitaliyga 2 yillik shartnoma taklif qilishyapti. Shuningdek, taklif qilinayotgan shartnoma tomonlarning kelishuviga ko‘ra yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.

Shuningdek, Denisovga SSKAdan ham qiziqishlar bor. Xabaringiz bor, hamyurtimiz armiyachilar futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Vitaliy Denisov 2013 yildan beri «Lokomotiv» sharafini himoya qilib kelmoqda. U Rossiya chempionatining ushbu mavsumida 7ta o‘yinda maydonga tushdi. O‘zbekistonlik himoyachi «Loko» safida jami 139ta uchrashuvda maydonga tushgan hamda 1ta gol urib, 11ta golga uzatma bergan.

Manba: riafan.ru
Kiritildi: 07:21, 13.03.2018.
O'qildi: 6295 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик