«Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopes jarohat olganidan so‘ng ruhiy jihatdan qiyin davrni boshdan kechirmoqda. Bu haqda klubga yaqin manbalar xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yosh futbolchi kutilmagan jarohat sabab qattiq tushkunlikka tushib qolgan. U oldinda turgan jarrohlik amaliyotidan oldin o‘z tuyg‘ularini tartibga solib olish va ortiqcha bosimdan qochish maqsadida bir necha kun davomida hech kim bilan ko‘rishmay, yolg‘iz qolishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli futbolchi jarohat sabab 2 oyga yaqin muddatni o‘tkazib yuboradi. U shu sababli mundialda qatnashmaydi.













