Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

«An-Nasr» Pep Gvardiolaga dahshatli shartnoma taklif qilishga tayyor

«An-Nasr» Pep Gvardiolaga dahshatli shartnoma taklif qilishga tayyor

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Touchline nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis katta ehtimol bilan Manchester klubini tark etadi.

Gvardiolani o‘z safiga qo‘shib olishga Krishtianu Ronaldu to‘p suradigan «An-Nasr» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Saudiya klubi ispaniyalik murabbiyga yiliga 150 million dollar maosh (plyus bonuslar) ko‘zda tutilgan shartnoma taklif qildi.

Eslatib o‘tamiz, Xosep Gvardiola 2016 yildan buyon «Manchester Siti»ni boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida «shaharliklar» olti marta Angliya Premyer-ligasida, besh marta Liga Kubogida, uch martadan Angliya Kubogi va Angliya Superkubogida zafar quchishdi. Shuningdek, ular bir martadan Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati bosh sovriniga ega chiqishgan.

Kiritildi: 21:46, 19.05.2026.
O'qildi: 1420 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик