«Barselona» himoyachisi Ronald Arauxo «Inter» klubining qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Sport.es nashrining xabar berishicha, Italiya klubi urugvaylik futbolchini yozgi transfer oynasida himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun asosiy variantlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Shuningdek, ushbu futbolchi Ispaniya jamoasiga Alessandro Bastonining o‘tishi bo‘yicha klublar o‘rtasida amalga oshiriladigan o‘zaro almashinuv kelishuvining bir qismiga aylanishi ham istisno etilmayapti.
Arauxo La Liganing joriy mavsumida 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga uchta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Chempionlar Ligasida esa futbolchi 10 ta bahsda maydonda ko‘rinish berdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, bozor qiymati 20 million yevroga baholanmoqda.













