Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis 0-0 Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma 1-0 Jenoa
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

UYEFAdagi yana bir yangilik haqida

UYEFAdagi yana bir yangilik haqida

Baho:
+ | -

UYEFA yevrokuboklar formatiga yana bir bora tuzatishlar kiritishni lozim topdi. Xo‘sh, bu safar qanday yangiliklarga qo‘l urildi? Hammasi hayratlanarli!

Marhamat, «SSF» ma’lumotlari asosida tayyorlangan maqola bilan tanishib, o‘zingiz baho bering. Aytish joiz, bu o‘zgarishlar mavsum-2018|2019dan e’tiboran qo‘llaniladi.

Yevropa Chempionlar Ligasi: top-klublar yanada ko‘proq! Yevroturnirlarda «arzimas o‘yinlar» ko‘pligi xususidagi e’tirozlar yildan-yilga ko‘payotgan edi.

Zero, hozirgi formatga ko‘ra, futboli uncha rivojlanmagan mamlakatlar klublari ham katta sahnada nomdor «og‘ir vaznlilar»ga qarshi o‘ynash imkoniyatiga ega. Demak, keyingi mavsumdan bunday muammoga qisman barham beriladi.

Tasdiqlangan qarorga ko‘ra, 4ta eng kuchli liganing 4tadan kuchli jamoasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri CHL guruh bosqichiga qo‘shiladi. Bular - Ispaniya La-ligasi, Germaniya Bundesligasi, Angliya Premyer-ligasi va Italiya «A» seriyasi (hozirgi holatda). Shuningdek, CHL va YELning amaldagi g‘oliblariga ham guruh raundi yo‘llanmasi beriladi.

CHLda Rossiyadan 4ta klub? Ha, keyingi kuzda shunday bo‘lishi mumkin!YAna bir muhim tomoni, UYEFA reytingida 5-6-o‘rinlarni egallagan ikki davlat (ayni holatda - Fransiya va Rossiya)ning 2tadan vakili avtomatik ravishda guruh raundiga qo‘shiladi. Hech qanday kvalifikasiyasiz!

Xullas, jami 26ta klub kurashni asosiy raundda boshlaydi. Boshqacha aytsak, UYEFA jadvalida 7-10-pog‘onalarni egallagan mamlakatlar (hozirgi holatda - Portugaliya, Ukraina, Belgiya va Turkiya) chempionlari ham saralash mashmashalaridan ozod qilinadi.

Turnirning amaldagi g‘olibi yo‘llanmani o‘zi ishtirok etadigan milliy chempionat yakuni bo‘yicha qo‘lga kiritsa, unda reytingning 11-qatoridan joy olgan assosiasiya (hozirgi holatda - Chexiya) chempioni ham guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shiladi.

Bordiyu, YEL g‘olibi ham milliy chempionat orqali chiqsa, unda guruh bosqichining yana bir chiptasi reytingda 5-o‘rinni egallagan assosiasiya (hozirgi holatda - Fransiya) vakiliga nasib etadi.

Kvalifikasiya dahshati. Ikki guruh - «Chempionlar yo‘li» va «Ligalar vakillari yo‘li»dagi saralash bosqichining mohiyati o‘zgarmaydi. Lekin kvalifikasiya jarayoniga yana bir raund qo‘shiladi.

Aniqroq aytsak, dastlabki saralash bosqichi mini-turnir tizimida tashkillashtiriladi. E’tiborlisi, u 26 iyun kuniyoq boshlanadi.

CHL-2018|2019 SARALASH TIZIMI

«Chempionlar yo‘li» (4ta yo‘llanma)

Bu guruhda UYEFA reytingida 11-o‘rin va undan pastda joylashgan mamlakatlar chempionlari ishtirok etadi.

Dastlabki raund: 4ta jamoa (mini-turnir tizimida);

Birinchi saralash bosqichi: 33ta jamoa plyus dastlabki raund g‘olibi;

Ikkinchi saralash bosqichi: 3ta jamoa plyus birinchi saralash bosqichining 17ta g‘olibi;

Uchinchi saralash bosqichi: 2ta jamoa plyus ikkinchi saralash bosqichining 10ta g‘olibi;

«Pley-off»: 2ta jamoa plyus uchinchi saralash bosqichining 6ta g‘olibi

«Ligalar vakillari yo‘li» (2ta yo‘llanma)

Bu guruhda reytingda 5-6-o‘rinlardan joy olgan mamlakatlarning uchinchi jamoalari va 7-15-pog‘ona egalari vise-chempionlari o‘ynaydi. Kurash ikkinchi saralash bosqichidan boshlanadi.

Ikkinchi saralash bosqichi: 6ta jamoa;

Uchinchi saralash bosqichi: 5ta jamoa plyus ikkinchi saralash bosqichining 3ta g‘olibi;

«Pley-off»: uchinchi saralash bosqichining 4ta g‘olibi

CHL saralash o‘yinlaridan «yiqilgan» jamoalarning barchasi YEL saralashining ayni tegishli raundiga qo‘shiladi. «Pley-off»dan o‘tolmaganlar esa oldingidek darhol YEL guruh raundiga «sakraydi». Yana bir holat o‘zgarmadi: CHLda bitta assosiasiyadan ko‘pi bilan 5ta jamoa ishtirok etishi mumkin.

CHL-2018|2019 yo‘llanmalari taqsimoti

16ta - UYEFA reytingida 1-4-o‘rinlarni egallagan mamlakatlarga 4tadan

4ta - UYEFA reytingida 5-6-o‘rinlarni egallagan mamlakatlarga 2tadan

2ta - CHL va YELning amaldagi g‘olibiga

4ta - UYEFA reytingida 7-10-o‘rinlarni egallagan mamlakatlarga 1tadan

4ta - «Chempionlar yo‘li» saralash guruhiga

2ta - «Ligalar vakillari yo‘li» saralash guruhiga

Yevromavsum-2018|2019 finallari

Yevropa superkubogi - 2018 yil 15 avgust (Tallinn, Estoniya; «Lillekyula» stadioni)

YEL - 2019 yil 29 may (Boku, Ozarbayjon; «Olimpiyskiy» stadioni)

CHL - 2019 yil 1 iyun (Madrid, Ispaniya; «Metropolitano» stadioni)

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:55, 13.03.2018.
O'qildi: 4815 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.