Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

Ro‘yxatdan o‘tish navbati futzal va ayollar futboliga keldi

Ro‘yxatdan o‘tish navbati futzal va ayollar futboliga keldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Yangi mavsumda yangicha ko‘rinishda start olgan Superliganing ikki turi ortda ham qoldi. Ikki tur yakunlari taassurotlari aksariyat muxlislarda ijobiy ekanligi sir emas. Jamoalarning qisqarishi, o‘yin vaqtlarining kech soatlarga belgilanishi va yana boshqa sezilarli islohotlardan shubhaga borgan ba’zi futbol ishqibozlari shubhalari o‘rinsiz ekanligini tan olayotganliklari ham bor gap. Superligaku o‘z o‘zaniga tushib oldi, endi navbat Pro-liga, futzal va ayollar futboliga ham yetib  kelmoqda.

Avvallari oliy va birinchi liga (hozirgi superliga va Pro-liga) jamoalarini ro‘yxatdan o‘tkazish (“zayavka”) mas’uliyati PFL zimmasida bo‘lib, futzal va ayollar futboli bo‘yicha bu amallarni Assosiasiyalar bajarardi. Endi esa Assosiasiyalar tugatildi, ikkala futbol ko‘rinishi ham PFL tarkibiga birlashdi. Demak, ro‘yxatdan o‘tkazish masalalarini ham endi PFLning shu soha mutaxassislari amalga oshirishmoqda.

Pro-liganing “Iftixor”, “Yozyovon”, “Istiqlol”, “Zomin”, “Norin”, “Xorazm”, “Bunyodkor-2”, “Paxtakor-2”, “Lokomotiv-BFK”, “G‘ijduvon”, “Orol”, “Andijon”, “Mash’al”, “Sho‘rtan” va “Dinamo” jamoalari ro‘yxatdan o‘tish dorasidagi dastlabki harakatlarni amalga oshirishdi. Jamoalar bugundan xujjatlardagi kamchiliklarni bartaraf etib, mavsumda qatnashish ruxsatini oluvchi so‘nggi ro‘yxat topshirishga kirishishdi. Bugun “Iftixor”, “Yozyovon” va “Istiqlol” jamoalari vakillari  PFLga tashrif buyurishdi. Ertaga “Zomin”, “Norin” va “Xorazm” jamoalarining navbati. 16 martda “Bunyodkor-2”, “Paxtakor-2”, “Lokomotiv-BFK”, 19 martda “G‘ijduvon”, “Orol” va “Andijon”, 20 martda esa “Mash’al”, “Sho‘rtan” va “Dinamo” jamoalari nazoratdan o‘tadilar.

 

Shuningdek, 12 martdan futzal va ayollar chempionatida qatnashuvchi jamoalar ham futbolchilarini ro‘yxatdan o‘tkazishga kirishishgan. Futzal bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati 27 mart sanasiga belgilangan bo‘lsa, ayollar futbolida klublar vakillariga 27 martga qadar imkoniyat berilgan. Futzal chempionatida Superliga klublari – 12ta jamoa qatnashadi, ayollar futbolida esa 12ta klubga qo‘shimcha ravishda “Andijanka” va  “Sho‘rtan” jamoalariga ham ruxsat berilgan.

Eslatib o‘tamiz, Pro-liga mavsumiga 25 martda, futzal chempionatiga 30-31 martda, ayollar chempionatiga esa 1 aprelda start beriladi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 17:42, 14.03.2018.
O'qildi: 1669 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.