Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Milliy olimpiya qo‘mitasida mehmon bo‘ldi

Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Milliy olimpiya qo‘mitasida mehmon bo‘ldi

Baho:
+ | -

Umid Ahmadjonovning taklifiga binoan Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Ito Nobuaki bugun Milliy olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurdi.

Martabali mehmonni MOQ Prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakram Isroilovlar kutib olishdi. Tashrif davomida janob Nobuakiga elchixonaning uchinchi kotibi Keyko Kitamotto hamrohlik qildi.

Uchrashuv avvalida Umid Ahmadjonov suhbatni boshlar ekan, ikki mamlakat orasida ko‘pgina sohalarda do‘stona aloqalar yo‘lga qo‘yilganligiga e’tibor qaratdi. Yaponiya bilan, xususan, Yaponiya va O‘zbekiston futbol assosiasiyalari o‘rtasida yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatilganligi, bu borada Yaponiya FA bilan memorandum imzolangani, Umid Mahamadjonovichning o‘zi shaxsan Tokioda mamlakat futbol assosiasiyasi rahbari bilan uchrashgani haqida so‘zlab berdi.

Ayni paytda ham O‘zbekistondagi futbol klublarida faoliyat yuritayotgan ko‘pgina mutaxassislar Tokioda bo‘lib turishibdi va ish tajribasini o‘rganishmoqda. Bundan avvalroq futbol akademiyalarida faoliyat olib borayotgan murabbiylar ham Yaponiya futbol maktablari tizimini o‘rganib qaytishgandi. Hullas, bu borada ishlar joyida.

MOQ rahbari endi ushbu aloqalarni yangi darajaga ko‘tarish, Yaponiya Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan ham hamkorlik rishlarini o‘rnatish istagida ekanligini ta’kidlab o‘tdi. O‘zbekiston Tokio 2020 Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni jadal suratlarda davom ettirmoqda. Mamlakatimiz sportchilari kunchiqar yurtda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazishlari, mahalliy iqlim va sharoitga moslashishlari uchun u yerdagi xalqaro turnirlarda ishtirok etishlari foydadan holi bo‘lmasligini, Yaponiya sportidan ko‘p narsa o‘rgansa bo‘lishini alohida ta’kidlab o‘tdi MOQ Prezidenti.

Shoakrom Isroilov esa Yaponiyada va O‘zbekiston davlat Jismoniy tarbiya universitetlari o‘rtasida memorandum imzolanganligi, yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yilganligini qayd etib o‘tdi hamda yaponiyalik mutaxassislarni O‘zbekistonga olib kelishda janob elchidan amaliy yordam ko‘rsatishini so‘radi.

Umid Ahmadjonov suhbat davomida Yaponiya dzyudo vatani ekanligi, Tokiodagi jahonga mashhur "Kodokan" dzyudo markazi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish niyati borligini izhor qildi. Mamlakatimizda dzyudo ancha ommalashganligi, o‘zbekistonlik dzyudochilar ham yozgi Oliimpiya o‘yinlarida muntazam ravishda sovrindorlar safidan joy olib kelishayotganligiga alohida urg‘u berdi.

O‘z navbatida janob elchi taklif uchun minnatdorchilik bildirdi. Suhbat avvalida janob Ito Nobuaki Umid Ahmadjonovni futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyati bilan alohida tabrikladi. Shuningdek, Yaponiyaning "Mezbon shahar" dasturi asosida Maidzuru shahri bilan O‘zbekiston MOQ o‘rtasida memorandum imzolaganligidan xabardor ekanligini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, sport kurashlari va dzyudo bo‘yicha terma jamoalarimiz Olimpiadaga Yaponiyada tayyorgarlik ko‘rishadi. Elchi janoblari shuningdek, O‘zbekistonning boks va og‘ir atletika bo‘yicha terma jamoalarini ham Yaponiyada ko‘rishdan xursand bo‘lishini, sportning ushbu turlarida O‘zbekiston jahonning yetakchi mamlakatlari orasiga kirishini alohida ta’kidlab o‘tdi. Ushbu hamkorlik ikkala tomon uchun ham manfaatli bo‘lishiga alohida urg‘u berdi.

So‘nggi yillarda JICA tashkiloti tomonidan yuborilgan bir necha yaponiyalik mutaxassislar o‘zbekistonda karate va sportning boshqa turlarida volontyorlik asosida murabbiylik qilishdi. Bundan buyon ham u ushbu hamkorlikni davom ettirishga harakat qilishini aytib o‘tdi.

Suhbat davomida Umid Ahmadjonov shuningdek, dzyudo, sport gimnastikasi, suzish, stol tennisi, yengil atletika sport turlariga yaponiyalik murabbiylarni taklif etish masalasini ko‘tardi.

MOQqa amalga oshirgan tashrifi davomida elchi Ito Nobuaki qo‘mitaning muzeyi, tashkilot xududida joylashgan Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazini ham kuzatdi va iliq taassurotlar bilan ortga qaytdi.

Uchrashuv so‘nggida Umid Ahmadjonov va Shoakram Isroilovlar martabali mehmonga esdalik sovg‘alarini topshirishdi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 17:44, 14.03.2018.
O'qildi: 1944 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.