Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Fransiya FF prezidenti mahkamasi boshlig‘i va Texnik direktori o‘rinbosari yurtimizga tashrif buyurishdi

Fransiya FF prezidenti mahkamasi boshlig‘i va Texnik direktori o‘rinbosari yurtimizga tashrif buyurishdi

Baho:
+ | -

Avval xabar berganimizdek, shu yilning 23 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov Parijda Fransiya futbol federasiyasi mutassaddilari bilan uchrashib,yurtimizda futbolni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish borasida kelishuvga erishgandi. 

Jumladan, Fransiya futbol federasiyasi Prezidenti mahkamasi Xalqaro bo‘lim boshlig‘i Janob Kenni Jan Mari uchrashuv davomida bolalar futboli bo‘yicha fransiyalik mutaxassislarni O‘zbekistonga olib kelish, yurtimizdagi yosh futbolchilarni Fransiya jamoalariga jalb qilish, Superligada ishtirok etadigan jamoalarning saviyasini oshirish, ularning ish faoliyatini Yevropa andozalari asosida yo‘lga qo‘yish maqsadida klublar bosh direktorlari va akademiyalar rahbarlarini Parijga malaka oshirish va tajriba o‘rganishga yuborish masalalari muhokama qilingandi. 

Ana o‘sha kelishuvga ko‘ra bugun 14 mart kuni Fransiya futbol federasiyasi vakillari Fransiya futbol federasiyasi Prezidenti mahkamasiboshlig‘i Janob Kenni Jan Mari va Texnik direktor o‘rinbosari Lyudovik Debryu yurtimizga tashrif buyurishdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasida fransiyalik yuqori martabali mehmonlarni Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘FA 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov va Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov qabul qilishdi.

Umid Ahmadjonov Janob Kenni Jan Mari va Lyudovik Debryuni yurtimizda ko‘rishdan juda ham xursand ekanini ta’kidlab, jumladan, shunday dedi:

“Fransiya dunyodagi futboli rivojlangan mamlakatlardan biri. Shu sababli O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish yo‘lida Fransiya bilan hamkorlik qilish biz uchun juda muhim. O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish uchun hukumat darajasida e’tibor qaratilmoqda. Mana bugun Siz aziz mehmonlarning poyqadami qutlug‘ kelib, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorga imzo chekdilar.

Endilikda yurtimizda futbolni, umuman, sportni rivojlantirishning yangi tizimi barpo etiladi. Buning uchun Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi birgalikda ish olib boradi. Biz ishni bog‘chalardan boshlamoqchimiz. Bolajonlar o‘rtasida sportni keng targ‘ib qilish orqali turli sport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish bosh maqsadimiz. Keyin maktab - Olimpiya zaxiralari kolleji – institut tizimida ish olib boriladi. Maqsadimiz, sportni, futbolni yuqori bosqichga olib chiqish va yurtimizdan Olimpiya va Jahon chempionlari chiqishini ta’minlashdan iborat.

Fransiya futbol federasiyasi bilan yaqin hamkorlik qilish o‘zbek futboli uchun katta manfaat keltirishiga ishonchim komil. Yurtimizda futbol akademiyalari yangi tizim asosida faoliyat yuritadi. Mazkur akademiyalarda fransiyalik murabbiylar ish olib borishiga yordam bersangiz, boshimiz osmonga yetgan bo‘lardi. Bundan tashqari, Fransiyadagi kuchli mutaxassislarni O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga ishga taklif etishda ham amaliy yordam ko‘rsatishingizni istaymiz. Ular O‘FAda ish olib borib, o‘zbek futbolini yuqori bosqichga olib chiqishda o‘z hissalarini qo‘shishsa, Sizdan cheksiz minnatdor bo‘lamiz”, - dedi Umid Ahmadjonov.

O‘z o‘rnida Fransiya futbol federasiyasi Prezidenti mahkamasi boshlig‘i Janob Kenni Jan Mari O‘zbekistonga tashrif buyurganidan juda mamnun ekanini aytib o‘tdi.

“Siz bilan Fransiyada uchrashganimizda O‘zbekistonga borishga va’da bergandik. Mana, va’damning ustidan chiqib, yurtingizga tashrif buyurdik. O‘zbekistonda iqtidorli futbolchilar juda ko‘p ekanini yaxshi bilamiz. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Xitoyda o‘tgan Osiyo chempionatida bosh sovrinni qo‘lga kiritgani bejiz emas. Ana shu iqtidorlarni to‘g‘ri yo‘naltirish orqali mamlakatingiz futbolda katta natijalarga erishishi mumkin. Siz yuqorida Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi birgalikda ish olib borishi borasida gapirib o‘tdingiz. Bu juda to‘g‘ri yo‘l. Fransiya ham 40 yil avval mana shu yo‘lni tanlagan. Fransiya futboli ushbu darajaga yetib kelguniga qadar katta yo‘lni bosib o‘tdi. Xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yildi.

Maqsadimiz, o‘zimizning rivojlanish bosqichimiz bo‘yicha tajribamiz bilan o‘rtoqlashish. Buning uchun avval yurtingizdagi futbol bo‘yicha umumiy holat bilan yaqindan tanishishimiz kerak. Keyin xulosa qilib, o‘z takliflarimizni beramiz. Buning uchun janob Lyudovik Debryu O‘zbekistonda menga qaraganda ko‘proq qolib, vaziyat bilan yaqindan tanishadi. Superliga uchrashuvlarini stadiondan tomosha qiladi. Stadionlar, infratuzilmalarni ko‘zdan kechiradi. Keyin o‘zimizning amaliy maslahatlarimizni berishga harakat qilamiz”, - dedi Janob Kenni Jan Mari. 

Fransiya futbol federasiyasi vakillari ertaga O‘FAda marketing bo‘yicha yurtimizdagi mutaxassislar uchun seminar o‘tkazishlari rejalashtirilgan. Keyin esa “Bunyodkor” stadioniga borib, u yer bilan yaqindan tanishishadi. 

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 18:25, 14.03.2018.
O'qildi: 2118 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.