Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

"Paxtakor" stadioni talabalarni majburan olib kirish orqali to‘ldirilishi kutilmoqda

"Paxtakor" stadioni talabalarni majburan olib kirish orqali to‘ldirilishi kutilmoqda

Baho:
+ | -

Toshkentning «Paxtakor» klubi O‘zbekiston superligasining 3-turida Olmaliqning OTMK jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv 18 mart, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur uchrashuvda Toshkentdagi ba’zi oliy o‘quv yurtlari talabalir majburan olib kirilishi kutilmoqda. Ayni vaqtda jamoaning Toshkent Kimyo texnologiyalari instituti va O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga talabalarni o‘yinga jalb qilish bo‘yicha yozgan xatlari tarmoqlarda tarqalmoqda.

Xatda ko‘rsatib o‘tilishicha, stadionga kirish uchun bepul chiptalar tarqatiladi. Tanaffus vaqtida esa o‘sha chiptalardan yutuqli lotereyalar o‘ynaladi. Yutuq sifatida 3 dona televizor va futbol to‘plari qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, stadionga talabalarni olib kirish holati o‘tgan mavsumda ham kuzatilgandi. Eng qiziq tomoni, o‘tgan yili ham «Paxtakor» va «Olmaliq» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga talabalar olib kirilgan, keyinroq rasmiy manbalarda 11067 tomoshabin o‘yinga kirgani ma’lum qilingandi.

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 21:44, 14.03.2018.
O'qildi: 6247 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик