Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Fransiya FF mutassaddilari O‘FAda seminar o‘tkazishdi

Fransiya FF mutassaddilari O‘FAda seminar o‘tkazishdi

Baho:
+ | -

Avval xabar berganimizdek, kecha Fransiya futbol federasiyasi Prezidenti mahkamasi boshlig‘i Janob Kenni Jan Mari va Texnik direktor o‘rinbosari Lyudovik Debryu yurtimizga tashrif buyurishdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasida fransiyalik yuqori martabali mehmonlarni Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘FA 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov va Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov qabul qilishdi va fikr almashishdi.

Bugun Kenni Jan Mari va Lyudovik Debryu “Bunyodkor”, “Paxtakor” va “Lokomotiv”  klublari bilan yaqindan tanishishdi. Ularga FIFAning Mintaqaviy futbolni rivojlantirish menejeri Essam Al-Suhibbaniy hamrohlik qildi.

Kunning ikkinchi yarmida Kenni Jan Mari va Lyudovik Debryu O‘zbekiston futbol assosiasiyasida marketing yo‘nalishi bo‘yicha seminar o‘tkazishdi. Seminarda Superliga klublarida marketing yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan mutaxasisslar ishtirok etishdi.

Kenni Jan Mari va Lyudovik Debryu futbolni rivojlantirishning fransuzcha modeli haqida batafsil tushuntirish berishdi.

Seminar davomida yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilishdi va tegishli javoblar olishdi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 17:20, 15.03.2018.
O'qildi: 2156 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик