Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Avaz Agaliyev: “Muxlislarning daldasi “Neftchi” uchun muhim”

Avaz Agaliyev: “Muxlislarning daldasi “Neftchi” uchun muhim”

Baho:
+1 | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Joriy mavsumda Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi sharafini himoya qilayotgan tajribali himoyachi Avazbek Agaliyev Superliga startidan buyon Farg‘ona klubining asosiy himoyachilaridan biri sifatida to‘p surmoqda. Ayni kunlarda “Bunyodkor”ga qarshi bellashuvga hozirlik ko‘rayotgan jamoa himoyachisi klub matbuot vakillari bilan muloqatga kirishdi

–  Bu yilgi Superliga bahslari o‘zining keskin kurashlarga boyligi bilan ko‘pchilikning e’tiborini tortmoqda. Undan tashqari barcha bellashuvda televideniye orqali jonli efirda ko‘rsatilyapti. Bunga qanday munosabat bildira olasiz?

–     Bundan albatta xursandman! Chunki hammaning ham stadionga kelish imkoniyati bo‘lmaydi. Shu bilan birga futbolni jamiyatda yanada ommalashtirish jarayoni ijobiy ko‘rinish oladi. Avvallari faqat Toshkentdagi o‘yinlar jonli efirda ko‘rsatilardi. Shu sabab viloyat jamoalari futbolchilarini ko‘pchilik tanimas edi. Umuman olganda translyasiyalarning joriy etilishiga ijobiy baho beraman.

 Milliy chempionatimizning nomi Oliy ligadan Superligaga o‘zgardi. Shu qatori chempionatning saviyasi borasida ham o‘sish kuzatildi deb o‘ylaysizmi?

– Chempionatning nafaqat nomi balki o‘zi ham o‘zgardi. Hozir jamoalar xatto bir ochko uchun qattiq kurash olib borishmoqda. Ayni paytda durang natijaga erishish ham qiyin sanaladi. Misol uchun amaldagi chempion “Lokomotiv” o‘z uyida durang o‘ynadi, “Paxtakor” esa so‘nggi turda mag‘lub bo‘ldi.

– O‘tgan yilga nisbatan bu yil muxlislar stadionga ko‘proq kelishmoqda. Ishqibozlar sonini stadionlarda yanada oshirish borasida yana nimalar qilish kerak deb o‘ylaysiz?

– Muxlisga eng muhimi chiroyli futbol yoqadi. Agar maydondagi raqobat qizg‘in kechsa, xar qanday ishqibozning e’tiborini torta oladi. Men shunday fikrdaman.

– “Neftchi”ni Farg‘onada “Bunyodkor”ga qarshi o‘yin kutmoqda…

–  Qiyin o‘yin bo‘ladi. “Bunyodkor”ga ham bizga ham oson raqobat kechmaydi deb o‘ylayman. Farg‘ona jamoasi safida ko‘plab kuchli va mahoratli futbolchilar talaygina bo‘lgani bilan baribir yangi tarkib hisoblanadi. O‘yinimiz sekin-asta shakllanib bormoqda. “Nasaf”ga qarshi o‘yinda qanday bellashgan bo‘lsak, Toshkent klubi bilan ham mana shunday kurashamiz. Nasib qilsa, bo‘lajak turda o‘z g‘alabamizni nishonlaymiz.

– Farg‘onalik muxlislar haqida fikringiz?

– “Mash’al” safida Vodiyga ko‘p kelganman. Xar doim stadionlar to‘lib toshadi. Muxlislar o‘z jamoalarini ajoyib tarzda qo‘llab-quvvatlab borishadi. O‘zim ham “Neftchi”da to‘p surib Vodiyda futbolga bo‘lgan munosabat haqidagi fikrga yana bir bor amin bo‘ldim. “Nasaf” bilan ochilish o‘yinida muhitni ko‘rdik. Muxlislikka gap yo‘q. Futbolda ishqibozlarning daldasi katta ko‘mak beradi. Umid qilamanki, “Bunyodkor” bilan uchrashuvda farg‘onalik muxlislar stadionni to‘ldirishadi va bizning haqiqiy 12-o‘yinchimiz bo‘lishadi.

Hojiakbar Jabborov suhbatlashdi

Manba: www.fcneftchi.uz
Kiritildi: 23:33, 15.03.2018.
O'qildi: 2418 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.