Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Fotogalereya. Hobbi: Fergyuson izquvar, Gvardiola golf ustasi, Villash-Boash poygachi...

Fotogalereya. Hobbi: Fergyuson izquvar, Gvardiola golf ustasi, Villash-Boash poygachi...

Baho:
+ | -

Luis Enrike «Chelsi»ni qabul qilishga shoshilmayapti. Xo‘sh, bunga sabab nima? Gap shundaki, u va boshqa murabbiylar futboldan tashqari turli xobbilarga egalar.

Ya’ni, bo‘sh vaqtlari behuda o‘tmaydi. Soccer.ru aynan shunday mutaxassislar haqida so‘z yuritadi.

Shotlandiyalik Sherlok Xolms

«Manchester Yunayted» afsonasi ser Aleks Fergyusonning ta’kidlashicha, sobiq polisiyachi bo‘lmaydi. Shotlandiyalik mutaxassis hayotining ma’lum qismini Jon Kennedi o‘limi bilan bog‘liq ishni o‘rganishga sarflagan. Ser Aleks hattoki, rasmiy hisobot qo‘liga tegishi uchun Buyuk Britaniya bosh vaziri bilan aloqa o‘rnatgan.

Shuningdek, AQSHning yangi prezidenti chigal jinoyat bo‘yicha hujjatlarni oshkor etishini bildirganda, Fergyusonning quvonchi ichiga sig‘magandi. Hozirda buyuk murabbiy nima bilan shug‘ullanyapti?

U aynan tarixiy suiqasd bo‘yicha 2800ta hujjatni o‘rganmoqda. Ser Aleks bu borada yordamchilarni yollashga ham ulgurdi. O‘tgan yilning kuzida shotlandiyalik Sherlok muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Shunday ekan, u bilan ko‘rishganda, birinchi navbatda «Kennedini kim o‘ldirdi?» deb so‘rash mumkin.

Irlandiya termasi ustozi Martin O~Nil esa bir necha yil savdoyilarni o‘rganib, ish yuzasidan tergov jarayonlarida ham qatnashgan. Demak, bu ikkovlonni murabbiylar olamidagi Xolms va Vatsonga qiyoslasak bo‘laveradi. Chunki ular kriminalistikaga xuddi ekspertlar singari jiddiy tarzda kirishishgan.

Tayger Vuds kabi...

«Manchester Siti»ni yengilmas jamoaga aylantirayotgan Xosep Gvardiolaning golfga mehri bo‘lakcha. Chunki bu sport turida hakamlar yo‘q - qanday o‘ynasang, shunga yarasha ochko to‘playsan. Hammasi adolatli, shamol yoki o‘yinga ta’sir o‘tkazadigan boshqa omillarni taktika evaziga bartaraf etish mumkin.

Shuningdek, Ukraina termasi bosh murabbiyi Andrey Shevchenko ham golfga ishtiyoqmand. Pep bu borada qanday yutuqlarga erishgan bilmadik, ammo Andrey Nikolayevich turnirlarda g‘olib chiqqan.

«Milan» va «Chelsi»ning sobiq hujumchisi munosib raqiblarga qarshi o‘ynash uchun Angliyaga tashrif buyurib, Zola, Giggz hamda Skoulzlar bilan bellashadi. Ko‘rib turganingizdek, millionlar o‘yini afsonalari orasida golfga qiziqadiganlar bisyor.

Portugaliyalik chavandoz

«Shaxtyor» ustozi Paulu Fonseka o‘smirlik chog‘laridan ot minishga qiziqqan, o‘zining havaskorligini ta’kidlab, biroz kamtarlik qiladi. Uning qizi konkur bahslarida qatnashib, hattoki, Portugaliya chempioniga aylangan.

YECHL «pley-off» bosqichida «Roma»ni yenggan yosh murabbiy bo‘sh vaqtida o‘z yurtidagi fermada bajonidil chavandozlik bilan shug‘ullanadi. Ishonchimiz komilki, jonivorlar himoyachilari undan ranjimaydilar. Tulporlar yaxshi insonlar bilan suhbat qurishga qarshi bo‘lishmaydi.

Marafonchi va ekstremal

«Barselona»dan ketishidan avval e’tirofga arzigulik yutuqlarga erishgan...

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:13, 16.03.2018.
O'qildi: 4282 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.