Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis 0-0 Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma 1-0 Jenoa
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

"Futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

"Futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Baho:
+ | -

Iste’dodli va salohiyatli futbolchilarni tanlash va tayyorlashning samarali tizimini yaratish, milliy terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini shakllantirish, xalqaro talablar va standartlar asosida futbol bo‘yicha murabbiy va hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2018 yil 5 martdagi PF-5368-sonli Farmoniga muvofiq:

1. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va «O‘zbekneftgaz» AJning quyidagi takliflari ma’qullansin:

 

"Bunyodkor" stadionining butun majmuasi va inshootlari (bundan keyin — «Bunyodkor» stadioni) futbol bo‘yicha milliy terma jamoalar uchun o‘quv-mashg‘ulot  jarayonlarini tashkil etish va sport musobaqalari hamda boshqa tadbirlarni o‘tkazishda O‘zbekiston futbol assosiasiyasining asosiy bazasi hisoblanadi;

 

Joylarda yosh iqtidorli va salohiyatli futbolchilarni tanlab olish (seleksiya) va ularni professional tarzda tayyorlash hamda  milliy terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini yaratish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari hamda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi qoshida Respublika bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasini tashkil etish;

 

bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalariga murabbiylarni O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bilan kelishgan holda ishga qabul qilish tartibini joriy etish;

 

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi futbol bo‘yicha murabbiylar va hakamlarni tayyorlash Respublika maktabi tugatilib, murabbiylar va hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish vakolatini O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga topshirish;

 

O‘zbekiston futbolini qo‘llab-quvvatlash Fondi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi filiallarini tugatish hamda bo‘shab qolgan mablag‘larni O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga yo‘naltirish;

 

2. 2018-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish Dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

 

3. O‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi, Yoshlar Ittifoqi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining quyidagi takliflari qo‘llab-quvvatlansin:

 

Fuqarolar yig‘ini raislari o‘rinbosarlari – Yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilar zimmasiga voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha mahalla fuqarolari yig‘ini komissiyasi rahbari vazifasini yuklash;

 

Fuqarolar yig‘ini raislarining o‘rinbosarlari – Yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilarni O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi qoshidagi Fond hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibini joriy etish;

 

4. Voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha fuqarolar yig‘inlarining komissiyalari:

 

Tuman(shaharlar)dagi jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari, bolalar va o‘smirlar sport maktablari, bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari, sport federasiyalari (assosiasiyalari)ning hududiy bo‘linmalari bilan futbol va boshqa sport turlarini ommaviylashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, mahallalardagi iqtidorli va istiqbolli bolalarni saralab olish (seleksiya) ishlarini tashkil qiladi;

 

mahallalarda futbol maydonlari va boshqa sport inshootlarini obodonlashtirish bo‘yicha joylardagi hokimiyat organlari, jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari (shaharlar), O‘zbekiston futbol assosiasiyasining hududiy bo‘linmalariga yordam beradi.

 

5. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi O‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi, Yoshlar Ittifoqi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bilan hamkorlikda ikki oy muddat ichida:

 

davlat-xususiy sektor hamkorligida mahallalarda futbol maydonlari qurishga mo‘ljallangan "Har bir mahallada futbol maydoni" Dasturi;

 

fuqarolar yig‘inlari raisining o‘rinbosarlari - yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilarni moddiy rag‘batlantirish tartibi bo‘yicha hukumat qarorlarining loyihalarini tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.

 

6. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari hokimiyatlarining quyidagi takliflari ma’qullansin:

 

O‘zbek futbolining 105 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar uchun Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida zamonaviy futbol stadioni qurilishi hamda stadion qurilishini moliyalashtirish xayriya mablag‘lari va Farg‘ona viloyati hokimligining mahalliy byudjeti tomonidan amalga oshirilishi bo‘yicha;

 

Sud tomonidan davlat mulkiga aylangan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi "Sijjak" dam olish zonasi negizida moliyalashtirish manbalari sifatida xayriya mablag‘lari, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va Toshkent viloyati mahalliy byujdetini belgilagan holda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi qoshidagi milliy terma jamoalar uchun o‘quv-mashg‘ulot bazasi tashkil etish bo‘yicha;

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddat ichida Qo‘qon shahrida stadion qurilishi va Bo‘stonliq tumanida o‘quv bazasini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilsin.

 

7. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddat ichida ixtisoslashtirilgan Davlat maktab-internatlari faoliyati tanqidiy o‘rganib chiqilsin va natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagi qarorlarni ko‘zda tutuvchi hukumat qarori loyihasini kiritsin:

 

Ixtisoslashtirilgan Davlat maktab-internatlari bazasida 14ta hududiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi qoshidagi Respublika bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasini tashkil qilgan holda ularni O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidan O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga hozirgi moliyalashtirish tartibini saqlagan holda o‘tkazish bo‘yicha;

 

Futbol bo‘yicha qolgan Ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlarini  boshqa Olimpiya va milliy sport turlari, shu jumladan, hududlarda rivojlantirishning zaruriyati va ustuvorligini inobatga olgan holda sportning jamoaviy o‘yin turlari bo‘yicha internat maktablariga aylantirish bo‘yicha;

 

bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalariga, shuningdek qayta tiklangan davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga beriladigan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va jihozlashni bosqichma-bosqich amalga oshirish dasturini tasdiqlash bo‘yicha;

 

Olimpiya zaxiralari maxsus maktab-internatlarida futbol bo‘limlarini Olimpiya va milliy sportga, shu jumladan sportning jamoaviy o‘yin turlariga qabul qilish uchun bo‘shatilgan kvotalar yo‘nalishi bo‘yicha qisqartirish;

 

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi qoshidagi Respublika bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasini "Bunyodkor" stadioniga joylashtirish.

 

8. Belgilab qo‘yilsinki:

 

"Bunyodkor" stadioni bino va inshootlarini ekspluatasiya qilish direksiyasi” MCHJ "Bunyodkor" stadionining ishchi tashkiloti hisoblanadi ;

 

moliyalashtirish manbalari "Bunyodkor” stadioni bino va inshootlaridan foydalanish bo‘yicha direksiya” MCHJ (bundan buyon Direksiya deb yuritiladi),  shuningdek, "Bunyodkor" stadionidan foydalanish va saqlash uchun sarflanadigan xarajatlari "O‘zbekneftegaz"  AJ  va Direksiya, shuningdek, qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar;

 

"O‘zbekneftegaz" AJ bir oy muddat ichida “Bunyodkor” stadioni bino va inshootlardan foydalanish bo‘yicha Direksiya” MCHJ ta’sis hujjatlariga Direksiya O‘zbekiston futbol assosiasiyasi qoshida faoliyat ko‘rsatishini ko‘zda tutgan holda tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlasin.

 

9. O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston  Milliy Olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi, Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston futbol assosiasiyasining faoliyati va unga yuklatilgan vazifalarni moliyalashtirish manbalarini aniqlash bo‘yicha kiritgan quyidagi takliflari ma’qullasin:

 

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya yillik taqvim rejasida ko‘zda tutilgan  tadbirlar uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar;

 

Bolalar va o‘smirlar futbolini rivojlantirish uchun O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi tomonidan ajratiladigan mablag‘lar;

 

O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;

 

Homiylar, saxovatpeshalar, shuningdek, Qonunchilikda ta’qiqlanmagan boshqa manbalardan tushadigan mablag‘lar.

 

10. 2023 yilning 1 yanvariga qadar quyidagi to‘lovlardan ozod etilsin:

 

Davlat maqsadli jamg‘armalarga majburiy to‘lov va barcha soliq turlaridan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi, uning hududiy bo‘linmalari, "O‘zbekiston Professional futbol ligasi" jamoat tashkiloti va professional futbol klublari;

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha tasdiqlangan futbol bo‘yicha sport inshootlarining moddiy-texnik bazalarini mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan O‘zbekistonga olib kiriladigan sport vositalari, maxsus professional sport kiyimlari va jihozlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, jumladan,  maxsus transport vositalari;

 

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi, uning hududiy bo‘linmalari, O‘zbekiston professional futbol ligasi jamoat tashkiloti va professional futbol klublari tomonidan jalb qilinadigan jismoniy shaxslar - xorijiy mutaxassislarning daromadiga solinadigan soliqlar.

 

11. Quyidagilar belgilab qo‘yilsinki:

 

Yuridik shaxslarning soliqqa tortiladigan daromadlaridan daromad solig‘i summasi Assosiasiyaning hududiy bo‘limlari, O‘zbekiston professional futbol ligasi va professional futbol klublariga homiylik hamda xayriya qilinganda  o‘n foizdan oshmagan miqdorda  kamaytiriladi;

 

Futbolchi va mutaxassislar (murabbiy, hakam, nazoratchi), jumladan, xorijiy mutaxassislarga mashg‘ulot hamda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari paytda beriladigan ovqat pullari hamda mukofotlash xarajatlari jismoniy shaxslarning daromadlari sifatida kiritilmaydi.    

 

12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi talabnomasiga ko‘ra xorijdan jalb qilinadigan mutaxassislarga kirish vizalarini rasmiylashtirish konsullik xizmati va boshqa yig‘imlarsiz ta’minlansin.

 

13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston futbol assosiasiyasi talabnomasiga ko‘ra xorijdan jalb qilinayotgan mutaxassislarga ko‘p marotabali viza berish va uzaytirish, shuningdek, vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish va yashash joyida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tishni uzaytirish uchun Davlat bojlarini undirmasdan amalga oshirishni ta’minlasin. 

 

14. Mehnat munosabatlari va bandlikka ko‘maklashish vazirligi belgilangan tartibda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi talablariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasiga xorijdan mutaxassislarni jalb qilish, shuningdek, ko‘rsatilgan xorijlik fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini olib borish huquqini tasdiqlash uchun belgilangan to‘lovlarni olmasdan amalga oshirishni ta’minlasin.

 

15. Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga, Toshkent shahar hokimligi va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda “Bunyodkor” stadionini O‘zbekiston futbol assosiasiyasi balansiga o‘tkazilishini ta’minlasin.

 

16. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi Adliya vazirligi, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin:

 

O‘zbekiston futbol assosiasiyasining hududiy bo‘linmalari rahbar va ma’muriy xodimlari tarkibining (apparatlari) taxminiy tuzilmasini yangilash, shuningdek, xodimlarning moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish;

 

Ushbu Farmondan kelib chiqadigan qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish.

 

17. Mazkur Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V.Akmalov, O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri SH.X.Isroilov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi U.M.Ahmadjonov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B.Murodov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 20:18, 16.03.2018.
O'qildi: 6427 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.