Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Ayollar futzali: So‘nggi tur o‘yinlari boshlandi

Ayollar futzali: So‘nggi tur o‘yinlari boshlandi

Baho:
+ | -

Uch turdan iborat ayollar futzal chempionatining uchinchi tur doirasidagi dastlabki kungi o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

Atigi besh jamoa ishtirok etayotgan musobaqada birorta ham ochko yo‘qotmagan Qarshining “Sevinch” jamoasi hamon peshqadamlik qilmoqda. Vladislav Xan shogirdlari bugun “Paxtakor” jamoasiga qarshi maydonga tushdi va yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Ikkinchi juftlikni “Metallurg” hamda AGMK jamoalari tashkil etishdi. Asosiy tarkibi bilan katta futbol mavsumiga jiddiy tayyorgarlki ko‘rayotgan olmaliqliklar futzal musobaqasida asosan yosh qizlarini sinovdan o‘tkazishni maqsad qilishgan. Shundan kelib chiqib, AGMK turnir autsayderi bo‘lib turibdi – uchinchi tur o‘tib boryaptiki, hali biron ochko ololgani yo‘q. “Metallurg” uchala turda ham AGMKni o‘ta yirik hisoblarda yengishning uddasidan chiqishdi.  Birinchi turda javobsiz 27ta gol urgan bo‘lsa, ikinchi turda gollari soni 18tada to‘xtadi. Uchinchi turga kelib esa raqiblar ham “futzal o‘ynashni” o‘zlashtirgan ko‘rinadi, bekoboliklar darvozasi tomon ikkita to‘p kirita olishdi. Biroq o‘z darvozalaridan 28ta to‘p o‘tkazib yuborishdi.

Mazkur turning qiziqarli uchrashuvi so‘nggi kunda – 20 martda o‘tkazilishi belgilangan. Musobaqa yopilishi oldidan maydonda “Sevinch” hamda “Metallurg” jamoalari o‘zaro kuch sinashishadi. 

3-tur. 16 mart

“Sevinch” – “Paxtakor” – 10:2

“Metallurg” – AGMK – 28:2

17 mart

“Lokomotiv” – “Metallurg”

AGMK – “Sevinch”

18 mart

“Lokomotiv” – “Sevinch”

“Paxtakor” – AGMK

19 mart

“Metallurg” – “Paxtakor”

“Lokomotiv” – AGMK

20 mart

“Lokomotiv” – “Paxtakor”

“Metallurg” - “Sevinch”

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 21:14, 16.03.2018.
O'qildi: 1710 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик