Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Futbol klublari majburiy to‘lov va soliqlardan ozod etildi

Futbol klublari majburiy to‘lov va soliqlardan ozod etildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Unga ko‘ra, 2023 yilning 1 yanvariga qadar O‘zbekiston futbol assosiasiyasi, uning hududiy bo‘linmalari, O‘zbekiston professional futbol ligasi jamoat tashkiloti va professional futbol klublari Davlat maqsadli jamg‘armalarga majburiy to‘lov va barcha soliq turlaridan ozod etiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha tasdiqlangan futbol bo‘yicha sport inshootlarining moddiy-texnik bazalarini mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan O‘zbekistonga olib kiriladigan sport vositalari, maxsus professional sport kiyimlari va jihozlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, jumladan, maxsus transport vositalari hamda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi, uning hududiy bo‘linmalari, O‘zbekiston professional futbol ligasi jamoat tashkiloti va professional futbol klublari tomonidan jalb qilinadigan jismoniy shaxslar — xorijiy mutaxassislarning daromadiga solinadigan soliqlar vaqtincha bekor qilinadi.

Yuridik shaxslarning soliqqa tortiladigan daromadlaridan daromad solig‘i summasi Assosiasiyaning hududiy bo‘limlari, O‘zbekiston professional futbol ligasi va professional futbol klublariga homiylik hamda xayriya qilinganda o‘n foizdan oshmagan miqdorda kamaytiriladi.

Futbolchi va mutaxassislar (murabbiy, hakam, nazoratchi), jumladan, xorijiy mutaxassislarga mashg‘ulot hamda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari paytda beriladigan ovqat pullari hamda mukofotlash xarajatlari jismoniy shaxslarning daromadlari sifatida kiritilmaydi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi talabnomasiga ko‘ra xorijdan jalb qilinadigan mutaxassislarga kirish vizalarini rasmiylashtirish konsullik xizmati va boshqa yig‘imlarsiz ta’minlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston futbol assosiasiyasi talabnomasiga ko‘ra xorijdan jalb qilinayotgan mutaxassislarga ko‘p marotabali viza berish va uzaytirish, shuningdek, vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish va yashash joyida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tishni uzaytirish Davlat bojlarini undirmasdan amalga oshiriladi.

Bandlikka ko‘maklashish va mehnat munosabatlari vazirligi belgilangan tartibda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi talablariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasiga xorijdan mutaxassislarni jalb qilish, shuningdek, ko‘rsatilgan xorijlik fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini olib borish huquqini tasdiqlash uchun belgilangan to‘lovlarni olmasdan amalga oshirishni ta’minlaydi.

Manba: www.xabar.uz
Kiritildi: 21:23, 16.03.2018.
O'qildi: 3620 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.