Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

“Navbahor” – “Lokomotiv” uchrashuviga barcha chiptalar sotib bo‘lindi

“Navbahor” – “Lokomotiv” uchrashuviga barcha chiptalar sotib bo‘lindi

Baho:
+ | -

Namanganlik muxlislar bugun bo‘lib o‘tadigan “Navbahor” va “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni intiqlik bilan kutishayotganligi ayni haqiqat. Barchaga ma’lumki, O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi Superligadan o‘rin olgan uchrashuvlarni haqiqiy bayramga aylanishi uchun bir qator ishlarni amalga oshirmoqda.

Aynan bu sa’yi-harakatlar samarasi o‘laroq stadionlarga yana  muxlislar qaytmoqda. Qolaversa, uchrashuvlarni murosasiz va keskin tarzda kechayotganligi ham ishqibozlarni xursand qilmoqda.

Xabaringiz bor, “Navbahor” futbol klubi ham Superliga o‘yinlariga o‘ziga xos tayyorgarlik bilan kirib keldi. Xususan, “Navbahor” futbol klubining taqdimot marosimi ham katta bayramga aylanib ketgandi. O‘tgan vaqt davomida Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingohda keng qo‘lamdagi ishlar olib borildi. Birinchi navbatda o‘yingoh O‘zbekiston professional futbol ligasi talablaridan kelib chiqqan holda jihozlandi.

Muxlislar uchun qulayliklar yaratish va ularning talabini qondirish maqsadida o‘yin paytida stadion atrofida 12ta savdo shahobchalari ishqibozlar xizmatida bo‘ladi. Shuningdek, klub atributikalari bilan savdo qiladigan do‘konchalar ham tashkil etilib, “Navbahor” ramzi tushirilgan, futbolka, polo, sharf va kepkalar sotilmoqda. Bundan tashqari, muxlislar uchrashuvni tomosha qilishga oilaviy tashrif buyurishlari uchun o‘yingohda oilaviy sektor ham tashkil etildi.

Oldinlari uchrashuvlar uchun chiqarilgan chiptalar faqat o‘yin kunlari sotuvga chiqarilardi. Bu yildan bu borada ham yangilikka qo‘l urildi. Ya’ni, uchrashuvga kirish chiptalari 14 martdan sotuvga chiqarildi. Chiptalar Namangan shahridagi uchta yirik bozor va o‘yingoh kassalarida sotildi. Shuni aytib o‘tish joizki o‘yin uchun chiqarilgan chiptalarning asosiy qismi bugungi kunga kelib sotib bo‘lindi.

"Navbahor" - "Lokomotiv" uchrashuviga barcha chiptalar muxlislar tomonidan xarid qilindi. Bu esa 17 mart kuni 21 913 nafar muxlisni o‘z bag‘riga sig‘diradigan “Markaziy” o‘yingohda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga qiziqishni juda yuqori ekanligidan darak bermoqda. Chipta olmoqchi bo‘lgan muxlislar navbatda turib ham chiptalar xarid qilishdi. Bir so‘z bilan aytganda “Navbahor”  va “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda stadion muxlislar bilan to‘lishi va Namanganda katta futbol bayrami nishonlanishi aniq.

O‘yin boshlanishidan avval stadionga yig‘ilgan muxlislar uchun estradamiz yulduzlari chiqish qiladi. Jumladan, Namangandagi mavsumning ochilish uchrashuvida O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi tomonidan stadionga keladigan muxlislar uchun sovg‘a sifatida estradamiz yulduzlari kuylaydi. 

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonovni “Navbahor” – “Lokomotiv” uchrashuvini tomosha qilish uchun Namanganga tashrif buyurishi ham namanganlik muxlislarning xursand qilmoqda.

Bugun muxlislarni Namangandagi “Markaziy” o‘yingohga chorlab qolamiz. Bayram tadbirlari soat 18:00dan boshlanadi. O‘zbekiston Superligasi 3-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv esa soat 20:00da start oladi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 00:36, 17.03.2018.
O'qildi: 4652 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.