Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Ahmadjonovning Namanganga safari davom etmoqda. Yana bir necha sport inshootlari ko‘zdan kechirildi

Ahmadjonovning Namanganga safari davom etmoqda. Yana bir necha sport inshootlari ko‘zdan kechirildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov bugun Namangan viloyatiga tashrif buyurgani haqida xabar qilgandik. MOQ rahbari tashrifni eng avvalo  mamlakat Prezidenti farmoni asosida Milliy olimpiya qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazilgan Chortoq tumanidagi serjantlar tayyorlash maktabi negizida tashkil etilayotgan sport o‘yinlari bo‘yicha olimpiya tayyorgarligi markazidan boshlagan va u yerdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishgandi.

Yaqin orada bu yerda sport o‘yinlari bo‘yicha Olimpiya terma jamoalarimz uchun zamonaviy baza bunyod etiladi. E’tiborlisi, kelajakda bu yerda nafaqat o‘zbekistonlik sportchilar shug‘ullanishlari, balki sporti taraqqiy etgan xorijiy davlatlar terma jamoalari bilan qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari ham tashkil etish imkoniyati bo‘ladi.

Bugun shuningdek, delegasiya a’zolari Namangan shahridagi "Barkamol avlod" sport majmuasiga kelishdi. Bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

Umid Ahmadjonov o‘z navbatida yosh sportchilar va ularning murabbiylari bilan suhbatda bo‘lib, takliflarni eshitishdi. Fursatdan foydalanib, MOQ Prezidenti yosh stol tennischisi bilan bahs o‘tkazib, o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rdi.

Keyin esa MOQ va O‘FAning qo‘shma komissiyasi Namangan Olimpiya zaxiralari kollejiga tashrif buyurdi. Bu yerda ham yosh sportchilar uchun yaratilgan barcha sharoitlar bilan tanishildi.

Kollej rahbariyati, murabbiylar bilan suhbat bo‘lib o‘tdi. Umid Ahmadjonov ko‘pchilikni qiynayotgan muammolar haqida so‘radi. Ularning taklif va mulohazalarini eshitdi. Olimpiya zaxilari kollejlarini katta islohotlar kutayotgani, bundan buyog‘iga ushbu o‘quv-sport maskani terma jamoalarimiz uchun asosiy baza sifatida faoliyat yuritishini ta’kidlab o‘tdi.

Navbatdagi manzil "Pahlavon" sport majmuasida joylashgan gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi bo‘ldi. Umid Ahmadjonov bu yerda ham mutasaddi xodimlarga kerakli vazifa va ko‘rsatmalarni berdi. Sport anjomlari va gimnastika snaryadlarini sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirdi.

Markaziy  stadionda esa Umid Ahmadjonov O‘zbekistondagi eng faol va fidoiy ishqibozlar hisoblanadigan "Navbahor" jamoasi muxlislari bilan  uchrashib, ular bilan suhbatda bo‘ldi. Namangan viloyatiga safar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, Umid Ahmadjonov bugun O‘zbekiston Superligasining uchinchi turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Lokomotiv" uchrashuvi bevosita stadiondan kuzatib boradi. Bugun Namanganda katta futbol bayrami. Markaziy stadionda yangi mavsum rasman start oladi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 16:01, 17.03.2018.
O'qildi: 2423 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.