Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

Namangandagi “Markaziy” stadioniga zamonaviy turniketlar o‘rnatildi

Namangandagi “Markaziy” stadioniga zamonaviy turniketlar o‘rnatildi

Baho:
+ | -

Xabaringiz borki, bugan Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingohda O‘zbekiston Superligasining 3-turidan o‘rin olgan “Navbahor” va “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

So‘nggi paytlarda futbolimizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar klublarimizni ham yangilik sari undamoqda desak xato bo‘lmaydi. Xususan, “Navbahor” futbol klubi joriy yilgi mavsumdan boshlab o‘yingohga kirish chiptalari va muxlislarni aniq hisobini yuritish maqsadida kirish darvozalaridagi turniketlarga yangi zamonaviy elektron moslamalar o‘rnatdi. Ya’ni kirish darvozalariga o‘rnatilgan moslama chiptaga tushirilgan shtrix kod orqali ochiladi. Bu hol chiptalarni qalbakilashtirishni oldini oladi. Shu bilan birgalikda chiptasiz muxlislar o‘yingohga kira olishmaydi.

Shuningdek, har bir darvozaga qo‘shimcha kuzatuv kameralari ham o‘rnatildi. Yangi innovasion g‘oyalarni qo‘llanishi esa klublarning moliyaviy holatini mustahkamlanishida muhim omil vazifasini o‘tab beradi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Namangandagi “Markaziy” stadionida mavsumning ochilishi va Superliganing 3-turidan o‘rin olgan “Navbahor” - “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Ochilish marosimida O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov ishtirok etadi. 

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘yin boshlanishiga hali ancha vaqt borligiga qaramay, "Markaziy" stadioni atrofida futbol muxlislari juda ko‘p. Bugun Namanganda haqiqiy futbol bayrami bo‘lishi kutilmoqda.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 16:39, 17.03.2018.
O'qildi: 5362 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик