Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Umid Ahmadjonov “Oliver Kann akademiyasi” ijrochi direktori va menedjeri bilan uchrashdi

Umid Ahmadjonov “Oliver Kann akademiyasi” ijrochi direktori va menedjeri bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Germaniyaning afsonaviy darvozaboni, Yevropa chempioni va Jahon chempionati kumush medali sovrindori Oliver Kanning akademiyasi ijrochi direktori Moris Mattes  va menedjeri Robert Niyemann yurtimizga tashrif buyurishgani haqida avval xabar berib o‘tgandik. 

Germaniyalik mutaxassislar bugun O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashishdi. 

Uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov yaqinda muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan qarorga ko‘ra yurtimizda Ixtisoslashtirilgan Davlat maktab-internatlari bazasida 14ta hududiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi qoshidagi Respublika bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasini tashkil qilish belgilab qo‘yilgani haqida aytib o‘tdi. Mazkur akademiyalarda Yevropaning futboli rivojlangan mamlakatlari akademiyalari tizimini joriy qilish va shu yo‘l orqali akademiya tarbiyalanuvchilarini yangicha zamonaviy uslubda tayyorlash asosiy maqsad ekanini ta’kidlar ekan, Germaniyaning “Oliver Kan akademiyasi” bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ayni muddao bo‘lishini aytib o‘tdi.

Yurtimizdagi akademiyalarda kuchli va yuqori saviyali futbolchilarni yetishib chiqishini ta’minlashda “Oliver Kann akademiyasi”ning boy tajribasi, zamonaviy uslublari, samarali metodikasi qo‘l kelishini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, Umid Ahmadjonov afsonaviy darvozabon Oliver Kanning o‘zini ham yurtimizga taklif qildi. 

Moris Mattes va Robert Niyemann “Bunyodkor”dagi akademiyaga tashrif buyurib, u yerdagi shart-sharoitlar, o‘qitish uslublari bilan yaqindan tanishishadi. Keyin yurtimizdagi futbol akademiyalarida zamonaviy uslublardan foydalangan holda o‘quv tizimini yo‘lga qo‘yish borasida o‘z takliflarini taqdim qilishadi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 16:27, 18.03.2018.
O'qildi: 2175 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.