Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Emre Jan: «ECHLda g‘olib chiqmoqchimiz»

Emre Jan: «ECHLda g‘olib chiqmoqchimiz»

Baho:
+ | -

«Liverpul» yarim himoyachisi Emre Jan «Portu»ga qarshi javob uchrashuvidan oldin bergan intervyusida Yurgen Klopp, jamoa­doshlari va mersisaydliklarning Chempionlar Ligasidagi maqsadlari haqida gapirib o‘tdi.

- «Liverpul»ning joriy Chempionlar Ligasidagi ishtirokiga qanday baho berasiz?

- Hozircha yaxshi. Guruh bosqichida ayrim muammolarga duch keldik. Bizga kuchli raqiblar to‘g‘ri kelgani bois, «pley-off» yo‘llanmasi uchun oxirigacha kurashishga majbur bo‘ldik. Lekin barchasi yaxshi ketmoqda. 1|8 finalning dast­labki uchrashuvida «Portu»ni safarda 5:0 hisobida mag‘lub etdik.

- Turnir davomida ba’zi uchrashuvlarda ajoyib natijalarni qayd etdinglar: 5:0 va 7:0 hisobidagi g‘alabalar. «Liverpul» bundanda yaxshiroq natija qayd etishga qodirmi?

- Umid qilamiz. Chempionlar Ligasida eng yaxshilar o‘ynaydi. Menimcha, jamoamiz ajoyib shakllangan. Ushbu musobaqada har narsa bo‘lishi mumkin. Shu bois ham har bir raqibga hurmat bilan qaraymiz.

- Nafaqat jamoa, balki siz ham yaxshi o‘ynayapsiz. Misol uchun, joriy mavsumda oltita gol urdingiz. O‘yiningizda qanday o‘zgarish yuz berdi?

- Umuman olganda, aytarli hech nima o‘zgarmadi. Shunchaki, biroz tajribam oshdi. Tan olaman, hozir ishlarim yaxshi ketyapti. Murabbiy va jamoadoshlarim menga ishonishadi. O‘zim esa o‘yindan rohat olyapman. Menga top klub sharafini himoya qilish yoqadi.

- Endi raqib darvozasiga yaqin joyda o‘ynayapsizmi?

- Yo‘q. Hamon tayanch yarim himoya chizig‘ida o‘ynayapman. Shunchaki, darvozaga zarba berish imkoniyati tug‘ilsa, undan foydalanishga harakat qilyapman. Aslida, o‘yinning boshqa muhim jihatlariga ko‘proq e’tibor qarataman.

- «Portu» ustidan qozonilgan g‘alaba haqida gaplashsak. O‘sha uchrashuvda sizdan tashqari Sadio Mane, Muhammad Saloh va Roberto Firminolar ham to‘p kiritishdi. Bunday hujumchilar «trio»si bilan o‘ynash qanday kechyapti?

- Bu haqiqiy fantastika. Men yarim himoyachiman va bunday futbolchilar bilan bir jamoada to‘p surishning o‘zi rohat. Ular ekstra-klassdagi hujumchilar. Shuningdek, himoyada ham faol o‘ynashadi. Bu esa juda-juda muhim. Oldingi chizig‘imizda bu uchlikning o‘ynayotgani baxtimiz, desam mubolag‘a bo‘lmas.

- Bundan oldin ham shunday hujumchilar uchligi bilan o‘ynaganmisiz?

- Qiyin savol. Albatta, faoliyatim davomida bir qator kuchli futbolchilar bilan birga to‘p surganman. Misol uchun, «Bavariya»da «Oltin xet-trik» qilganimizda hujum chizig‘ida Frank Riberi, Aryen Robben va Mario Manjukich kabi ajoyib futbolchilar to‘p surishardi.

- «Liverpul» o‘z oldiga eng yuqori natijaga erishishni maqsad qilib olganmi? Misol uchun, finalga chiqishni?

- Albatta, bu maqsadimiz. Chempionlar Ligasining shu bosqichiga yetib keldikmi, demak maqsadimiz shu bo‘ladi. Biz turnirda g‘olib chiqmoqchimiz. Raqibimiz kim bo‘lishining esa ahamiyati yo‘q.

- Futbolchi sifatida o‘sishingizda Yurgen Klopp qanchalik rol o‘ynagan?

- Juda katta. Menga boshidanoq ishonch bildirgan. O‘tgan yillar davomida u bilan ko‘p suhbatlashganmiz. Bir so‘z bilan aytganda, Yurgen Klopp — ajoyib murabbiy va undan ko‘p narsani o‘rgandim. Buning uchun undan minnatdorman.

- Yuqorida «Bavariya»ni esga oldingiz. Ushbu klubda o‘tkazgan davringizga qanday baho berasiz?

- U yerda ajoyib to‘rt mavsumni o‘tkazdim. «Bavariya»ga yoshligimda borganman. Buyuk futbolchilar bilan birga mashg‘ulotlarni o‘tkazib, ko‘p narsa o‘rgandim. Buning ustiga, fantastik murabbiylar bilan birga ishladim. Umuman, ajoyib tajribaga ega bo‘ldim.

- «Uembli»da bo‘lib o‘tgan YECHLning final uchrashuvida ishtirok etmagandingiz. Ammo o‘sha o‘yinni yaxshi eslasangiz kerak?

- Yaxshi xotiralar. Chunki biz g‘alaba qozongandik. To‘g‘ri, maydonga tushmaganman. Ammo jamoa bilan Angliyaga borib, sovrinni ko‘targanman, oltin medallarni olganman. Tan olaman, o‘sha paytda jamoaning yetakchi o‘yinchilaridan biri emasdim.

- «Bavariya»dan «Bayer»ga o‘tdingiz. «Liverpul» afsonasiga aylangan Sami Xyuypya faoliyatingizga qanday ta’sir o‘tkazgan?

- U jiddiy ta’sir o‘tkazgan. Chempionatda ko‘p o‘ynamasdim va «Ba­yer»ga o‘tganman. Bu jamoa ham muntazam ravishda yevrokuboklarda o‘ynardi.

- Yurgen Kloppning «Liverpul»­ga nafaqat o‘yin borasida, balki maydon tashqarisida ham ta’sir o‘tkazayotganini sezyapsizmi?

- Shubhasiz. Esimda, u «Liverpul»­ga kelib, birinchi intervyusida «Yana ishonishni boshlashimiz kerak», degandi.

- Klopp «aqldan ozgan» degandingiz. Bunda nimani nazarda tutgansiz?

- Albatta, buni yaxshilik ma’nosida aytganman.

- U Dortmundning «Borussiya»sini boshqarganida, u haqda qanday fikrda edingiz?

- Yaxshi savol. Uning kuchli murabbiy ekanligini bilardim. Aks holda, «Borussiya» bilan yuqori natijalarni qayd etmagan bo‘lardi.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 23:16, 18.03.2018.
O'qildi: 2727 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.