Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

La-Liga. «Real» oltita, Ronaldu to‘rtta gol urdi

La-Liga. «Real» oltita, Ronaldu to‘rtta gol urdi

Baho:
+1 | -

Ispaniya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan “Real” – “Jirona” uchrashuvi yakuniga yetdi.

Gollarga boy o‘tgan o‘yinda “qirollik klubi” 6:3 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda “Real” yetakchisi Ronaldu bir qancha rekordlarni yangiladi jumladan, faoliyatidagi 50-xet-trik, 2018 yil Yevropaning kuchli 5ta chempionatidagi futbolchilardan ko‘proq gol urish bobida yetakchilikni qo‘lga oldi.

Darvoqe, Ronaldu “Jirona”ga qarshi o‘yinda poker muallifiga aylandi. “Real”ning qolgan ikkita to‘pini Beyl va Vaskeslar kiritishdi. Mehmonlardan esa Stuani (dubl) va Xuanpe javob gollarini urishdi.

Shu tariqa, “Real” gollarga boy o‘tgan o‘yinda “Jirona”ni yirik hisobda mag‘lub etib, 60 La-Ligada ochkolari sonini 60taga yetkazdi va uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.

La-Liga, 29-tur.

Real Madrid – Jirona 6:3.

Gollar: 1:0 – 11 Ronaldu, 1:1 – 29 Stuani, 2:1 – 47 Ronaldu, 3:1 – 59 Vaskes, 4:1 – 64 Ronaldu, 4:2 – 67 Stuani, 5:2 – 86 Beyl, 5:3 – 88 Xuanpe, 6:3 – 90 Ronaldu.

Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Nacho, Vaskes, Kovachich (Modrich, 71), Kroos, Asensio (Beyl, 70), Benzema (Isko, 83), Ronaldu.

Jirona – Bunu, Espinosa, Xuanpe, Moxika, Ramalyo, Portu, Pons, Garsiya (Losano, 69), Granel, Maffeo (Aday, 83), Stuani (Olunga, 87).

Ogohlantirishlar: Moxika (30), Karvaxal (52).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:38, 19.03.2018.
O'qildi: 9014 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик