Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Yozef Blatter: «Qaytaraman, JCH-2018da Rosssiyada o‘tadi»

Yozef Blatter: «Qaytaraman, JCH-2018da Rosssiyada o‘tadi»

Baho:
+ | -

«Sport-Ekspress» nashrining maxsus muxbiri Syurixga tashrif buyurib, FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter bilan suhbat uyushtirdi.

Shu o‘rinda aytish joiz, o‘tgan haftada Blatter 82 yoshini qarshi oldi. Rossiyalik jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida shveysariyalik funksioner qiziq voqyealar haqida gapirib o‘tdi.

- Britaniyalik siyosiy yetakchilardan biri Boris Jonson JCH-2018ga hujum qildi. U BRB (Rossiya bosh razvedka boshqarmasi)ning sobiq polkovnigi Skripalning rossiyaliklar tomonidan zaharlanganligi aniqlansa, jahon chempionati «boykot» qilinishini aytgandi.

Inglizlar terma jamoalari emas, gap rasmiy shaxs haqida ketayotganini ma’lum qilishdi. Bu qanchagacha davom etishi mumkin?

- Bunday insonlar Rossiya haqida ko‘p narsalarni gapirishdi... Yaqinda bo‘lib o‘tgan Olimpiadadagi muammolar... Shu narsani aniq aytaman: jahon chempionatini hech kim olib qo‘yolmaydi. Turnirning final bosqichiga chiqqan jamoalar o‘ynashadi.

- Demak, Rossiyadan jahon chempionatini olib qo‘yishning imkoniyati yo‘qmi?

- Yo‘q. Bilsangiz, futbol - katta hodisa. Bu sport turiga deyarli ikki milliard inson bog‘liq. Jahon chempionati esa birinchi raqamlidir. U olimpiya o‘yinlaridan yuqori turadi.

Olimpiada ikki hafta davom etadi. Futbol bo‘yicha jahon chempionati esa bir oy. Endi bunga qancha tayyorgarlik ko‘rilishini tasavvur qiling. Qaytaraman, JCH-2018 Rossiyada bo‘lib o‘tadi.

- JCH musobaqasini Rossiyadan tortib olishga urinishlar, sizningcha, qanchalik jiddiy? So‘zlar, hissiyotlar ko‘p bo‘lganmi yoki aniq xavf bormidi?

- Jahon chempionatini bekor qilish yoki ko‘chirish haqida qaror qiladigan yagona tashkilot - bu FIFA. FIFA va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarni hamma bildi - yaqinda ko‘rsatilgan videorolikda Janni Infantino va Vladimir Putin futbol o‘ynadilar.

- «Antirossiya» kayfiyatlarning borligi achinarli. Bilasizmi, JCH-2018 va JCH-2022 musobaqalari Rossiya va AQShda o‘tishini xohlagandim. Agar ijroiya qo‘mitasi meni qo‘llab-quvatlaganida, shunday bo‘lardi ham.

Ammo AQShning o‘rniga Qatarni tanladilar. Bunga Fransiyaning o‘sha vaqtdagi prezidenti Nikolya Sarkozi va Platini sabab bo‘lganlar. Ular tufayli aksariyat ovoz qatarliklar tomon o‘tib ketdi.

- Futbol orqali bu ikki davlatni birlashtirish qanday bo‘lardi, tasavvur qilasizmi? Qaytaraman, FIFAda jahon chempionati Rossiyada o‘tishiga hech kim to‘sqinlik qilmagan.

- Faqat inglizlar hali tinchlanishmadi.

- Ular o‘zi shunaqa. Menga ham ko‘p bor qarshi chiqishgan va chiqishyapti. Ularni hech nima qoniqtirmaydi. Inglizlar mag‘lub bo‘lishni bilishmaydi.

- Jahon chempionatida Moskvaga tashrif buyurasizmi yoki Sankt-Peterburgga?

- Mamlakatingiz rahbaridan taklif olganman. Ammo ochilish marosimi yoki finalga taklif qiladimi, buni bilmayman. Axir u yoki bu o‘yinni ko‘rmoqchiman, deb talab qilolmayman-ku. Vladimir Vladimirovichning faxriy mehmoni sifatida tashrif buyuraman.

- Aytgancha, otangizning ismi...

- Men Yozef Yozefovichman (kuladi).

- Siz jismoniy shaxs sifatida tashrif buyurasizmi?

- Jismoniy shaxs emas, balki FIFAning sobiq prezidenti sifatida boraman. Garchi meni futboldan vaqtinchalik chetlatishgan bo‘lsa ham.

- Xabarlarga qaraganda, diskvalifikasiyangizni bekor qilishlariga jiddiy bel bog‘labsiz.

- Jarayon davom etmoqda. Umid qilamanki, hammasi jahon chempionati boshlangunga qadar hal bo‘ladi.

- Imkoniyatlar ijobiy yakunlanishi mumkinmi?

- Meni biror-bir sudning hukmiga binoan chetlatishmagan. Xuddi hakam, futbolchi yoki murabbiylarni chetlatgandek diskvalifikasiya qilishgan. Buni bekor qilishga intilyapmiz.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:24, 22.03.2018.
O'qildi: 4846 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.