Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Qayta tiklangan «Surxon» bir qator mashhur futbolchilar bilan shartnoma tuzdi

Qayta tiklangan «Surxon» bir qator mashhur futbolchilar bilan shartnoma tuzdi

Baho:
+ | -

Termizning «Surxon» jamoasi yangi mavsum oldidan bir qator yangi futbolchilar va murabbiylar bilan shartnoma imzoladi. 

Bir necha yildan buyon deyarli faoliyat ko‘rsatmay qo‘ygan klub joriy mavsum oldidan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan «O‘zbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyati homiyligiga o‘tkazildi va natijada jamoa bir qator e’tiborli futbolchilarni tarkibga jalb qildi.

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bilan Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan Dilshod Nuraliyev bundan buyog‘iga jamoa bosh murabbiyi sifatida ishlaydigan bo‘ldi. O‘z vaqtida «To‘palang» jamoasi rahbari bo‘lgani Abdug‘ani Sanginov endilikda «Surxon»ga xuddi shunday lavozimga tayinlandi.

Termiz davlat universiteti majlislar zalida bo‘lib o‘tgan tanishtiruv marosimida jamoaning yangi a’zolari Bahriddin Vahobov, Farhod Tojiyev va Islom Inomov tanishtirib o‘tildi. Tadbirda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ham ishtirok etdi.

O‘z navbatida jamoa rahbari Sanginov klub oldiga qo‘yilgan asosiy maqsad kelgusi mavsumda superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish ekanini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Manba: kun.uz
Kiritildi: 11:02, 24.03.2018.
O'qildi: 11515 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик