Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Samarqandda “O‘FA Kubogi” bahslari start oladi

Samarqandda “O‘FA Kubogi” bahslari start oladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ma’lumki, O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun o‘zaro memorandum imzolagandi.

Ana shu memorandum asosida yurtimizdagi Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida futbol bo‘yicha “O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi Kubogi” musobaqalarini o‘tkazishga kelishib olingandi.

O‘FAning tasdiqlangan rejasiga asosan 27 martdan 5 aprelga qadar Samarqandda «O‘FA Kubogi»ning birinchi bosqich o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Unda viloyatdagi sakkizta Oliy ta’lim muassasalari jamoalari ikki guruhga bo‘lingan holda o‘zaro kuch sinashishadi. Bular, “A” guruhida  Samarqand davlat arxitektura qurilish institutining “SamDAQI”, Samarqand davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakultetining “SamDU-1”, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining “TATU”, Samarqand qishloq xo‘jalik institutining “SamQXI”, “V” guruhida Samarqand davlat universiteti talabalari termasining “SamDU-2”, Samarqand iqtisodiyot servis institutining “SamISI”, Samarqand davlat chet tillar institutining SamDCHTI” hamda  Samarqand tibbiyot institutining “SamMI” jamoalaridir.

Talabalar Samarqand shahridagi “Olimpiya” nomli IBO‘SM hamda BO‘SM-2 maydonlarida kurash olib borishadi. Guruh o‘yinlari 27 martdan 1 aprelga qadar davom etadi, 3 aprelda yarim final, 5 aprelda esa final uchrashuvi o‘tkazilishi belgilangan.

Turnir g‘olibi aprel oyining ikkinchi yarmida aynan Samarqandda tashkillashtiriladigan ikkinchi bosqichga yo‘llanma oladi. Musobaqa qonun-qoidasiga muvofiq ikkinchi bosqich to‘rt mintaqada tashkillashtiriladi – Namangan, Samarqand, Urganch va Toshkent shaharlarida. Samarqand mintaqasida mezbonlardan tashqari Qashqadaryo, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari g‘oliblari ishtirok etishadi.

Qolgan uch mintaqa qatnashchilari:

Namangan shahrida – Namangan, Andijon, Farg‘ona viloyatlari;

Urganch shahrida – Xorazm, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

Toshkent shahrida – Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahar musobaqalari g‘oliblari.  

“O‘FA Kubogi” bahslari orqali talabalar o‘z imkoniyatlarini chamalab olishlari bilan bir qatorda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish ham ta’minlanmoqda. Qolaversa, musobaqa yoshlarni ma’naviy boy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularning qalbida Vatanga sadoqat, o‘ziga ishonch, sportga muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otishga ham xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir. 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 18:40, 24.03.2018.
O'qildi: 2249 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.