«Barselona» hujumchisi Ferran Torres madridning «Atletiko» klubi e’tiborida. 26 yoshli futbolchining «matraschilar» safiga o‘tishi mumkinligi haqida bahor davomida bir necha bor xabar berilgan edi. Jurnalist Jerard Romeroning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, «Atletiko» hali ham ushbu variantni ko‘rib chiqmoqda, biroq asosiy muammo futbolchining istagi bilan bog‘liq – u jamoani tark etishga shoshilmayapti.
Ispaniyalik futbolchining shartnomasi bir yildan so‘ng yakuniga yetadi, shu sababli, agar yozda munosib taklif tushsa, «ko‘k-anorranglilar» uni ketishga ko‘ndirishga majbur bo‘lishlari mumkin. Shuningdek, Ferran Torres Xulian Alvaresni «Atletiko»dan «Barselona»ga o‘tkazish bo‘yicha kelishuvda muhim rol o‘ynashi mumkinligi qayd etilgan.
Transfermarkt portali kataloniyaliklar hujumchisining narxini 50 million yevroga baholamoqda.













