Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Rasman: O‘zbekiston Kubogi yangi formatda o‘tkaziladi

Rasman: O‘zbekiston Kubogi yangi formatda o‘tkaziladi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogi bellashuvlari yangi formatda o‘tadi. Unda mamlakat Superligasining 12 ta hamda Pro-liganing 18 ta jamoasi g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

Avvaldan belgilab qo‘yilgani uchun “Lokomotiv”, “Nasaf”, “Paxtakor” va “Bunyodkor” klublarining musobaqaga 1/8 final bosqichidan qo‘shilishi o‘z kuchini saqlab qoldi. Biroq endi ular o‘zlarining bo‘lajak raqiblari haqida ma’lumotga ega bo‘lmaydi.

Shu yildan e’tiboran “Nurafshon-S”, “Iftixor”, “Sherdor” hamda “Labsa” klublari katta futbolga kirib kelmoqda. Kubok bellashuvlarini aynan shu to‘rt klub boshlab beradi. 1/32 final bosqichida ularga qulaylik yaratish maqsadida bir-biriga nisbatan yaqinroq bo‘lgan “Sherdor” hamda “Labsa” jamoalari o‘zaro o‘ynashi, ikkinchi juftlikni esa “Nurafshon-S” hamda “Iftixor” tashkil qilishi belgilab qo‘yildi. Bir o‘yindan iborat pley-off g‘olibi ikkinchi saralash bosqichiga yo‘l oladi.

Kubokning yangi formatiga ko‘ra, yarim finalga qadar barcha uchrashuvlar faqatgina bitta uchrashuvdan iborat bo‘ladi va unda mezbon jamoa nomini qur’a aniqlab beradi. Pro-liga klubining futbol maydoni talabga javob bermasa, u o‘z viloyatidagi asosiy maydonda o‘ynash imkoniyatini qo‘lga kiritishi mumkin.

Ikkinchi saralash bosqichida yuqoridagi ikki juftlik g‘olibi hamda Superliganing 8 ta, Pro-liganing 14 ta jamoasi — jami 24 ta klub ishtirok etadi. Bunda jamoalar hech qanday savatga ajratilmaydi. Savatchadan birinchi tortilgan jamoa mezbon maqomini qo‘lga kiritsa, keyingisi uning raqibiga aylanadi.

Mana shu 12 ta juftlik g‘olibi 1/8 finalga yo‘llanma oladi hamda yuqoridagi kvartetga qo‘shiladi. Qur’a bu bosqichda ham istalgan klubni bir-biriga raqib qilishi mumkin. PFL hamda “Sport” telekanali o‘zaro kelishib, qur’a shaffof o‘tishi uchun 1/8 finaldan boshlab jarayonni jonli namoyish etishga harakat qiladi.

Bunga qadar O‘zbekiston Kubogida tabaqalanish mavjud bo‘lib, jamoalar finalgacha duch kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy raqiblari haqida ma’lumotga ega bo‘lgan. Endilikda esa hech bir klubda bunday imkoniyat bo‘lmaydi. Yarim final bellashuvlarigina uy-safar tizimida o‘tadi.

PFL Pro-liganing o‘zgartirilgan formatiga qur’a tashlash marosimini 27 mart — seshanba kuni o‘tkazadi. O‘zbekiston Kubogining 1/16 finaliga ham shu kuni qur’a tashlanadi. Shuningdek, birinchi saralash bosqichi bellashuvlari qachon va qayerda o‘tishiga oydinlik kiritiladi.   

Yangi format o‘z oldiga yuqori maqsadlar qo‘yayotgan bir qator klublarga g‘olib bo‘lish imkoniyatini taqdim etishi mumkin. O‘yinlarda shiddat bo‘lishi va barcha klublar Kubok bellashuvlariga jiddiy e’tibor qaratishi uchun ham shu yo‘ldan yurildi. Qayd etish kerak, O‘zbekiston Kubogida g‘olib chiqqan jamoa Osiyo Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 19:37, 24.03.2018.
O'qildi: 5043 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.