“Manchester Yunayted” ustozi Joze Mourinyo va Pol Pogba umuman gaplashmay qo‘yishdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi suhbatda Mourinyo futbolchiga: “Men qo‘lidan hech narsa kelmaydigan futbolchilarga ishonmayman”, degan. Shundan so‘ng ular gaplashmay qo‘yishgan. Ayni damda yordamchi murabbiy Rui Fariyu va klub a’zolari ularning o‘rtasida vositachilik qilishmoqda.