Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Futbolimizda o‘zgarish shamoli

Futbolimizda o‘zgarish shamoli

Baho:
+ | -

Ochig‘ini aytsam, futbolimizning yangi rahbariyati katta islohotlarga qo‘l urgach, bunga jiddiy qaramagandim. Ya’ni milliy chempionat tizimining  o‘zgartirilishi saviyaga katta ta’sir o‘tkazishiga ishonmagandim.

Superliganing ilk turlaridan keyinoq bu boradagi fikrim o‘zgardi. Futbolimiz chindan ham, islohotga ehtiyoj sezayotgan ekan. Ha, hozirdan xulosa chiqarish yaramaydi, loaqal birinchi davra oxirini kutish kerak.

Ammo bitta jihatni alohida ta’kidlash shart: muxlislar stadionlarga qayta boshlashdi va shuning o‘zi katta yutuq! Toshkentdagi o‘yinda 20 mingdan ko‘p tomoshabin - buni kim kutgandi? Ishoning, muxlislar tashrifi qanchalik oshsa, chempionat saviyasi shunchalik ko‘tariladi.

Zero, bo‘m-bo‘sh tribunalar ostida va muxlislar bilan «tirik» stadionda to‘p surish o‘rtasida kattagina farq bor. O‘ylaymanki, O‘FA harakatlarni sira susaytirmaydi va o‘zgarishlar shamoli yanada kuchayadi.

Faqat jamoalar rahbarlari, murabbiy va futbolchilar muxlislarni talab darajasida qadrlashsa, bas. Qadrlashning eng ma’qul yo‘li - bu chiroyli va hujumkor futbol!

Usmon XONAZAROV, Shayxontohur tumani.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 18:57, 25.03.2018.
O'qildi: 6757 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик