Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Xarri Rednapp: «Angliya terma jamoasi JCHda qatnashishi shart»

Xarri Rednapp: «Angliya terma jamoasi JCHda qatnashishi shart»

Baho:
+1 | -

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey yetakchiligidagi hukumat rahbarlari (Tashqi ishlar vaziri Boris Jonson, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi vaziri Maykl Gouv, YEIdan chiqish harakatiga mas’ul Devid Devis), Rossiya Razvedka boshqarmasi sobiq xizmatchisi Sergey Skripalning zaharlanishi bahonasida JCH-2018ga nisbatan «boykot» e’lon qilish masalasini o‘rtaga tashlashdi.

Oddiy aytganda, siyosatchilarning xulosalariga ko‘ra, Angliya terma jamoasi Rossiya mundialida ishtirok etishdan bosh tortishi kerak.

Qiziq, futbol jamoatchiligi bunga qanday munosabat bildirmoqda? Rossiyalik jurnalistlar shu masala yuzasidan taniqli murabbiy Xarri Rednappni suhbatga tortishdi.

- Janob Rednapp, e’lon qilinishi ehtimoli bor «boykot» haqida eshitgandirsiz...

- Ha, eshitdim, bir kishining zaharlangani xususida ham o‘qidim. Lekin mojaroning ikir-chikirlariga to‘xtalishni istamayman. Har qancha urinmaylik, voqeaning to‘liq tafsilotlarini bilolmaymiz. Uning qanday yuz bergani noma’lum, gazetalarda esa istaganlaricha yozishlari mumkin.

- Buyuk Britaniya hukumati va qirollik oilasi Rossiya safaridan voz kechdi. Nahotki, siyosatchilar endi Angliya terma jamoasini ham JCHga yubormasa...

- JCHga nisbatan «boykot» e’lon qilish noo‘rin, menimcha. Zero, Angliya termasi yo‘llanmani kurash orqali qo‘lga kiritdi va endi musobaqada qatnashishi shart. Shaxsan men rasmiy «boykot» bo‘lishiga ishonmayman.

- Bunday ishonch asosi nima?

- Hozir ajabtovur vaziyat yuzaga kelgani rost. Masalaning tub mohiyatini tushunmayapman. Avvallari, deylik, urushlar payti Rossiya, Buyuk Britaniya va AQSH ittifoqchi mamlakatlar bo‘lganini yaxshi bilaman. Endi-chi? Ochig‘i, bu savolga javobim yo‘q.

- Tasavvur qiling, terma jamoa bosh murabbiyisiz va rahbarlar JCHga borishni taqiqlashsa, qanday yo‘l tutardingiz?

- Hukumat ruxsat bermasa, tabiiyki, iloj qolmaydi. Ammo barchasi shu darajaga bormasa kerak. Axir angliyalik muxlislar jamoaning JCHda ishtirok etishini istaydilar, boz ustiga, chiptalar xarid qilingan, yozgi rejalar aniq.

Taqiq amalda tasdiqlansa, futbolchilar ham kuchli ma’naviy zarba ostida qoladilar. Axir ular turnirga uzoq tayyorgarlik ko‘rishdi, saralash bosqichi mashaqqatlarini yengib o‘tishdi. Xullas, Angliya termasining JCHdan bosh tortishini hattoki, tasavvur ham qilolmayman.

- Britaniya matbuoti JCH-2018 tashkilotchiligi bo‘yicha qandaydir kamchilik qidirishdan charchamayapti. Go‘yoki, inglizlar Rossiyaning mezbonlik huquqini qo‘lga kiritganidan qattiq norozilar. Siz-chi, xafa emasmisiz?

- Bunday fikrlardan yiroqman. Rossiya mundiali a’lo darajada o‘tishiga ishonaman. Muxlislar bilan ishlash va xavfsizlik masalalari bo‘yicha ham qandaydir muammo yuzaga kelmasa kerak. Axir JCHning a’lo darajada o‘tishidan eng avvalo, mezbon mamlakat manfaatdor.

Xullas, Rossiya hukumati barcha ishlarni yuksak saviyada yo‘lga qo‘yish uchun zarur chora-tadbirlar qo‘llashi tayin. Shaxsan o‘zimga kelsak, afsuski, borolmayman. Chunki hech kim meni taklif qilmadi. Shunday ekan, mundial o‘yinlarini uyda, TV orqali ko‘raman. Ehtimol, qaysidir telekanalda ekspert sifatida ko‘rinish ham berarman.

- Nima deb o‘ylaysiz, ayni payt sport siyosatdan xolimi?

- Sport siyosatga aloqador emas, albatta. Faqat siyosatchilar muammolarni futbolga bog‘lamasalar, bas. Ya’ni qaysidir masalani hal qilishda futboldan foydalanmasliklari kerak. Xususan, Angliya terma jamoasining JCHdan chetda qolishi butun futbol olami uchun chinakam falokat sanaladi.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 19:29, 25.03.2018.
O'qildi: 2576 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.