Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston Marokashga yutqazdi

O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston Marokashga yutqazdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi mart oyidagi FIFA kunlarida o‘zining Afrikadagi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Vakillarimiz Kasablanka shahrida mezbon — Marokash terma jamoasiga qarshi bahs olib borishdi.

Kapadze bu safar 4 kun avval o‘tkazilgan Senegalga qarshi o‘yinda maydonga tushmagan futbolchilarga imkon berishga qaror qildi. Afrikaliklar bahsning 3-daqiqasidayoq hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Ayyub El-Kaabiy bosh bilan hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.

Tanaffusga qadar ustunlik asosan maydon egalari tomonida bo‘ldi. Bo‘lim tugashiga 2 daqiqa qolganida burchakdan yetkazilgan uzatmani Manuel da Kosta bosh bilan darvozamizga joylab qo‘ydi.

Ikkinchi 45 daqiqalikda o‘zbekistonliklar ancha uyushgan holda harakat qilishdi, ammo bu kecha bizga gol urish nasib etmadi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasining Afrikadagi safari bitta durang va bitta mag‘lubiyat bilan yakuniga yetdi.

Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini
MAROKASH - O‘ZBEKISTON - 2:0 (2:0)
Gollar: A.El-Kaabiy (3), M.Dakosta (42)
O‘zbekiston: Eldorbek Suyunov, Shuhrat Muhammadiyev, Sherzod A’zamov, Rustam Ashurmatov, Oleg Zoteev (Akrom Komilov 76), Fozil Musayev (Odil Hamrobekov 43), Javohir Sidiqov, Ikrom Aliboyev (Otabek Shukurov 69), Sardor Rashidov (Sardor Mirzayev 51), Jaloliddin Masharipov, Marat Bikmayev (Temurxo‘ja Abduxoliqov 51).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:00, 28.03.2018.
O'qildi: 7424 marta.
Fikrlar: 27 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик