Ispaniya terma jamoasining yarimhimoyachisi Isko Argentina ustidan qozonilgan yirik hisobdagi g‘alaba haqida gapirdi (6:1).
Ispaniyalik futbolchi ushbu o‘yinda raqib darvozasiga 3 ta gol urdi.
"Bu hayotimdagi birinchi "xet-trik"! Albatta, juda baxtiyorman. Natijaga qaramay, o‘yin qiyin bo‘ldi. Bu shunchaki o‘rtoqlik uchrashuvi ekanini esdan chiqarmaylik, jahon chempionatigacha hali ancha bor", - deydi Isko.