Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-0 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Ayollar futboli: Mavsumning birinchi sovrini «Metallurg-W»da!

Ayollar futboli: Mavsumning birinchi sovrini «Metallurg-W»da!

Baho:
+ | -

To‘rtinchi marta o‘tkazilgan O‘zbekiston Superkubogi uchrashuvi “Metallurg-W” jamoamizning ajoyib g‘alabasi bilan yakunlandi. 2018 yilgi mavsumning katta futbol bo‘yicha birinsi sovrinini hamshaharlarimiz yutib olganligi bilan Bekobod ahlini, “Metallurg-W” jamoasining barcha muxlislarini tabriklaymiz!

JAR stadionining zahira o‘yingohida o‘tkazilgan bu yilgi Superkubok uchrashuvida mamlakatimizning amaldagi chempioni hamda O‘zbekiston Kubogi sohibi – Bekobodning “Metallurg” jamoasi o‘tgan yilgi kubok finalchisi poytaxtning “Bunyodkor” jamoasiga qarshi maydonga chiqdi. O‘yin juda qiziqarli va murosasiz kurashlar ostida o‘tdi. Yangi mavsumda g‘oliblikka asosiy da’vogarlar sanaluvchi jamoalar muxlisu mutaxassislar oldida o‘zlarini ko‘rsatish payida bo‘lishdi. Shu sababdan bo‘lsa kerak, asosan pozision kurashga ko‘proq urg‘u berildi. Maydon markazida ko‘proq qaldirg‘ochlar ustunlik qilishgan bo‘lsa, bekobodliklarning himoya qo‘rg‘oni ishonchli o‘ynadi. O‘z navbatida “Metallurg-W”ning hujumlari raqiblarnikiga nisbatan xavfliroq ko‘rinish oldi.

O‘yin oldi hayajonini birinchi bo‘lib jilovlay olgan bekobodliklar 31-daqiqaga kelganda hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Standart vaziyat gol bilan yakunlandi. Shu kuni bekobodliklarning pleymeykeri Feruza Turdiboyeva har jabhada jamoadoshlariga o‘rnak bo‘ldi. Uning burchakdan uzatgan to‘pi uchun Nozima Kamoltoyeva hamda Mahliyo Sarikovalar kurashga faol kirishganliklari bois “Bunyodkor” himoyachilari qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishdi va to‘p darvoza to‘ridan o‘rin egalladi – 1:0. Ammo bekobodliklarning xursandchiligi uzoq cho‘zilmadi. Oradan o‘n daqiqa vaqt o‘tgach “Metallurg-W” ning sobiq hujumchisi, milliy chempionatlarimiz to‘purari va rekordchisi Lyudmila Karachik bekobodliklar himoya chizig‘ini markazdan yorib o‘tdi va hisobni tenglashtirdi.

Tanaffusda murabbiylardan kerakli ko‘rsatmani olgan “Metallurg-W” qizlari himoyaga e’tiborni yanada kuchaytirishdi. Qarshi hujum taktikasi esa qaldirg‘ochlarni muntazam ravishda ortda qaytishga majbur etdi. Ayniqsa Dildora Nozimova hamda Mahliyo Sarikovalar tandemi “Bunyodkor-vumen” himoya qo‘rg‘oni vakillarini “rosa charchatdi”. Ular bir necha marta markazdan qochib ketib, gol kiritish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Ammo faqat bir marta, 70-daqiqadagi hujum samara berdi. Chap qanotdan Nozima Ergashevaning reydi gol bilan yakunlandi – 2:1. Bu hisob esa o‘yin oxirigacha o‘zgarmay qoldi va “Metallurg-W” xuddi “Sevinch” singari Superkubokni boshi uzra ikkinchi marta ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi.

Ayollar futbolida faqatgina Superkubok musobaqasida “Sevinch”ning gegemonligiga “Metallurg-W” barham bera oldi. O‘ylaymizki, bu yil mamlakat chempionati hamda O‘zbekiston kubogi bahslarida ham bugungidek murosasizlik kuzatiladi. Bu esa muxlislar uchun unutilmas lahzalarni, qiziqarli o‘yinlarni taqdim etadi.

“Metallurg-W”  jamoasi qizlarini, murabbiylar shtabini va barcha muxlislarini, klub rahbariyati va Bekobod ahlini yana bir marta ajoyib yutuq bilan muborakbod etamiz! 

O‘zbekiston Superkubok o‘yini.

“Bunyodkor-W” – “Metallurg-W” – 1:2 (1:1). JAR stadioni.

Hakamlar: Edita Mirobidova (Toshkent), Zilola Rahmatova (Qarshi), Kristina Sereda (Toshkent), Anna Sidorova (Toshkent).

Nazoratchi – Ro‘zim Davlatmurodov (Toshkent).

Gollar: 0:1 – Luiza Sadirova (33-avtogol), 1:1 – Lyudmila Karachik (41), 1:2 – Nozima Ergasheva (70).

“Bunyodkor-W”:1. Olga Qahhorova, 9. Dilnoza Bektemirova, 10. Saida Galimova, 14. Marina Kosnikova, 15. Umida Zoirova, 19. Mariya Moiseeva (11. Yekaterina Salnikova, 65), 22. Soliha Husniddinova, 68. Rushaniya Safina, 77. Luiza Sadirova, 91. Tojiniso Rashidova (99. Ozoda Hojiyeva, 77), 94. Lyudmila Karachik.

Zahiradagilar:12. Ziyoda Iristoyeva, 5. Anzila Yermakova, 8. Nargiza Abdurasulova, 13. Lidiya Sema, 17. E’zoza Sharipova.

“Metallurg-W”:1. Gulandom Boymatova, 6. Iroda Turdaliyeva, 9. Mahliyo Sarikova, 10. Feruza Turdiboyeva, 11. Dildora Nozimova, 19. Nozima Ergasheva, 20. Zumrad Nazarova, 21. Xolida Dadaboyeva, 22. Mavluda Munavvarova, 77. Nozima Kamoltoyeva, 99. Diyora Erkinova (4. Jessika Kruchinina, 64).

Zahiradagilar:30. Nigora O‘zganova, 8. Nigina Jamolova, 18. Yulduz Nabiyeva, 23. Diyora Habibullayeva.

Ogohlantirishlar:Zumrad Nazarova (6), Mavluda Munavvarova (27), Dilnoza Bektemirova (58).

“Metallurg-W” – “Bunyodkor-W” jamoalari uchrashuvdan keyin “Metallurg” futbol klubi raisi Abduqahhor Ma’rufaliyev o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:- Uchrashuv juda tomoshabop bo‘ldi. To‘g‘risi qizlarda shunchalik g‘ayrat shijoat bor deb o‘ylamagandim. Bugun biz ishtiyoq, katta xohish evaziga “Bunyodkor-W”dan ustun keldik. “Metallurg-W”ning himoya chizig‘i menda ijobiy taassurot qoldirdi. Ularning o‘z pozisiyalarini mustahkam himoya etishlari qolgan qizlarimizga ishonch bag‘ishladi va qo‘rqmasdan oldinga borishdi. Albatta, mavsum uzun. Jamoada qilinadigan ishlar anchagina ekan. Birinchi navbatda, zahira o‘rindig‘ini kuchaytirish kerak. Zero, to‘liq to‘qson daqiqa bitta tarkib bilan o‘ynab bo‘lmaydi. Kimlargadir dam berish lozim. Qaysidir chiziqni kuchaytirish kerak bo‘ladi. Murabbiylar to‘g‘ri yo‘ldan ketishyapti, nazarimda. O‘ylaymanki, kurashga chanqoq qizlarimiz bilan bemalol yuksak marralarni zabt eta olamiz.

Manba: www.metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 20:35, 28.03.2018.
O'qildi: 1621 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.