Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Bugun futbol. «Nasaf» – «Metallurg»

Bugun futbol. «Nasaf» – «Metallurg»

Baho:
+ | -1

Bugun yoshlar ligasining 4-tur doirasidagi “Nasaf” – “Metallurg” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv “Geolog” stadionida soat 16:30da boshlanadi.

Yoshlar ligasi-2018. 4-tur

“Nasaf” (Qarshi) – “Metallurg” (Bekobod)

29.03.2018. “Geolog” stadioni. 16:30da

Uchrashuv hakami: Dmitriy Klepikov (Toshkent)

Nazoratchi: Radik Serazetdinov (Toshkent)

Uchrashuv komissari: Sardor Qudratullayev

 

Yoshlarimiz hisobida hozircha 4 ochko bor. O‘tgan uch uchrashuvda bitta g‘alaba, bitta durang va bitta mag‘lubiyat qayd etilgan.

“Metallurg” yoshlari o‘tkazilgan 3 uchrashuvda ham g‘alaba qozongan va 9 ochko jamg‘arishgan.

Mazkur jamoalarning o‘tgan yilgi bahslariga nazar tashlasak, afsuski jamoamiz bekobodliklarni mag‘lub eta olishmagan.

Yoshlarimiz bugungi raqibini so‘nggi bor, 2016 yili Bekobodda mag‘lub etgan. Bu uchrashuv yoshlar ligasining 9-tur doirasida bo‘lib o‘tgan.  

Bugungi uchrashuv yoshlarimizning o‘z maydonidagi ikkinchi uchrashuvi bo‘ladi. Jamoamiz o‘z maydonidagi dastlabki g‘alabasini nishonlash uchun maydonga tushishi turgan gap. Yoshlarimizga  omad va zafar tilab qolamiz.

Ko‘rib turganingizdek, bugungi uchrashuvni oldindan qiziqarli va murosasiz o‘tishini taxmin qilsa bo‘ladi.

Shunday ekan uchrashuvni o‘tkazib yubormang. “Geolog” stadioniga tashrif buyuring.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 09:37, 29.03.2018.
O'qildi: 2826 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик