Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza 0-1 Bolonya
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut - Brentford
04/03 00:30 Everton - Byornli
04/03 00:30 Lids - Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton - Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

Ayollar futboli: 16 yoshlilar musobaqasida Andijon viloyati qizlari g‘olib bo‘lishdi

Ayollar futboli: 16 yoshlilar musobaqasida Andijon viloyati qizlari g‘olib bo‘lishdi

Baho:
+ | -

Avval xabar berganimizdek, 27-29 mart kunlari poytaxtning “Yoshlik” sport majmuasida O‘zbekiston futbol Assosiasiyasining taqvim rejasiga asosan 16 yoshli qizlar o‘rtasida futzal bo‘yicha Respublika turniri bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa qonun-qoidasiga binoan, turnir 12 va 14 yoshlilar o‘rtasida ham tashkillashtirilgan edi. Samarqandda uyushtirilgan musobaqada uchta jamoa ishtirok etgan va unda maydon egalari g‘olib deb topilgan. Qarshida o‘tgan 14 yoshlilar turnirida esa 7 jamoa orasida qarshiliklar yakka peshqadamlik qilishdi. Va nihoyat, taqvim rejasining so‘nggi turniri – 16 yoshlilar musobaqasi ham yakuniga yetdi. Beshta jamoa – Toshkent, Andijon, Jizzax, Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahar vakillari qatnashgan turnirda bosh sovrin andijonliklarga nasib yetdi.

Bahodir Abdullayev ustozligidagi Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani Bolalar va o‘smirlar sport maktabi (direktori Shavkat Muhitdinov) tarbiyalanuvchilari o‘tgan yili viloyatda tashkil etilgan xotin-qizlar futbol musobaqasida muvaffaqiyat qozongan, biroq boshqa hech qanday turnirda ishtirok etmagan edi. O‘zbekiston futbol Assosiasiyasining taqvim rejasiga asosan ilk bor o‘tkazilayotgan mazkur turnirning dastlabki bosqichi viloyatlarda o‘tishi, g‘oliblari Respublika final bahslariga yo‘llanma olishi ko‘zda tutilgan edi. Musobaqa barcha viloyatlarda o‘tdi, deyish qiyin. Ammo Andijonda tashkillashtirilgan turnirda 7ta jamoa qatnashgan, xo‘jaobodliklar ushbu turnir g‘olibi sifatida poytaxtga safar etgan edi.

Andijon viloyati vakillari Toshkent shahar va viloyati jamoalarini yengdi, namanganliklar bilan durang o‘ynadi, jizzaxliklar esa o‘yinga kechikib kelgani uchun ular ustidan texnik g‘alabaga erishdi va yakunda chempion deb topildi. Ikkinchi o‘rin Namangan, uchinchi o‘rin esa Toshkent shahar yosh futbolchi qizlariga nasib etdi.

Namangan jamoasi

Toshkent shahar jamoasi

Uchrashuvlarda qayd etilgan natijalar:

27 mart

Toshkent sh. – Toshkent v. – 7:2

Andijon – Namangan – 5:5

Jizzax – Andijon - -:+

Toshkent v. Namangan – 5:1

28 mart

Toshkent v. – Andijon – 2:3

Jizzax – Toshkent sh. – 0:8

29 mart

Jizzax – Namangan – 0:10

Toshkent sh. – Andijon – 1:3

Toshkent v. – Jizzax – 2:1

Namangan – Toshkent sh. – 4:3.

Andijon – 10, namangan – 7, Toshkent viloyati jamoasi 6 ochko to‘pladi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 18:41, 29.03.2018.
O'qildi: 3907 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.