“Manchester Siti” hujumchisi Serxio Agueroning sog‘lig‘ida muammolar bor. 29 yoshli futbolchi ayni damda davolanmoqda, ammo maydonga tushishga to‘liq tayyor emas.
“Shaharliklar” murabbiylar shtabi argentinalik hujumchini APL 32-turi doirasida “Everton”ga qarshi o‘yinda maydonga tushirmaslikka qaror qildi. Shuningdek, Agueroning YECHL 1/4 finali doirasida “Liverpul”ga qarshi o‘ynashi ham so‘roq ostida turibdi.