Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza 0-1 Bolonya
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut - Brentford
04/03 00:30 Everton - Byornli
04/03 00:30 Lids - Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton - Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

Flamini: "Men milliarder emasman, bu tushunmovchilik"

Flamini: "Men milliarder emasman, bu tushunmovchilik"

Baho:
+ | -

"Xetafe" yarimhimoyachisi Matye Flamini o‘zining dunyoda eng boy futbolchi va milliarder ekani haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Avvlroq, Flamini 2008 yilda levulin kislotasi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Pasquale Granata GF Biochemicals biokimyo kompaniyasiga asos solgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu moddaga neft o‘rnini ehtimoliy bosuvchi sifatida qaraladi. Mish-mishlarga ko‘ra, bu firma Flaminiga 30 milliard yevro keltirgan.

- Demak, siz dunyoning eng boy futbolchisisiz?

- Bu yerda aniqlik kiritish kerak. O‘qiganlarimga qarshi o‘laroq, mening bank hisob-raqamimda 30 milliard yevro yo‘q. bu summa mening GF Biochemicals kompaniyam bahosiga to‘g‘ri kelmaydi.

Aslida bu biz o‘zimiz ishlab chiqargan yangi texnologiya bilan hudum qilmoqchi bo‘lgan bozorni umumiy narxi edi. Tushunmovchilik bo‘lgan. Bu bir restoran bahosi bilan butun Fransiyaning umumiy ovqatlanish tarmog‘i bilan tenglashtirishga o‘xshaydi.

– Agar GF Biochemicals bu bozorda o‘z o‘rnini topib ketsa, futbolchilik faoliyatingizdan ko‘ra, ko‘proq mablag‘ ishlab topasizmi?

– Agar shunday bo‘lsa, bu bilan faxrlangan bo‘lar edim. Ammo bu maqsadga yetish uchun ko‘p ishlarni bajarish kerak.

– Ya’ni, agar to‘g‘ri tushunayotgan bo‘lsak, siz hozir milliarder emassiz?

– O‘, mutlaqo yo‘q. Buni shunday yetkazishgani uchun uzr so‘rayman, chunki bu ishni boyish uchun boshlaganim yo‘q. Mening har doimgi maqsadim atrofdagilarga yordam berish bo‘lgan", - deydi Flamini.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 11:03, 31.03.2018.
O'qildi: 10388 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.