Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Superliga: Bugun 4-turning uchta o‘yini o‘tkaziladi

Superliga: Bugun 4-turning uchta o‘yini o‘tkaziladi

Baho:
+ | -

Yana sanoqli daqiqalardan so‘ng 4-tur doirasidan o‘rin olgan uch uchrashuvning ikkitasi boshlanadi. Olmaliqning AGMK jamoasi o‘z maydonida “Lokomotiv” klubini qabul qilsa, “Qo‘qon-1912” Qo‘qonda “Navbahor” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Turning so‘nggi o‘yini esa 20:00da boshlanadi, unda muxlislar “Paxtakor” va “Neftchi” jamoalari bahsiga guvoh bo‘lishadi.

Har uchala o‘yin ham prinsipial,qiziqarli va shiddatli kechishi kutilmoqda. AGMK to‘rt turgacha atiga bir ochko jamg‘argan, demak ular uchun g‘alaba juda muhim. Amaldagi chempion, joriy yilda ham bosh svorinni maqsad qilgan “Lokomotiv”ning ahvoli ham maqtagudek emas, “temiryo‘lchilar” uch o‘yinda uch xil natija ko‘rsatgan holda, o‘rta qatorda bormoqda.

Ayniqsa, Qo‘qondagi uchrashuv ko‘pqirrali ahamiyatga ega. Birinchidan, vodiy derbisi, har ikkalasi ham yutuqning qadrini bilishadi. “Navbahor” ustunlikka erishgan holda “Nasaf”ning duranggidan foydalanib kamida ikkinchi pog‘onaga, balki birinchiga ham ko‘atrilib olish imkoniyatiga bor. Qo‘qonda esa katta futbol bayrami – bugun ko‘xna shahardagi markaziy stadionning yangi mavsumga ochilish marosimi. Turgan gapki, bayram kayfiyati g‘alaba bilan uyg‘unlashadi.

“Paxtakor” va “Neftchi” jamoalarining o‘zaro bahsi ham muxlislarga chinakam futbol kayfiyatini taqdim etishi kutilyapti.

 

31 mart.

AGMK – “Lokomotiv”

Olmaliq shahri. Soat 18:00.

Hakamlar: A.SHukrullayev (Toshkent), S.Hakimov (Samarqand), SH.Qamarov (Samarqand), G‘.Jo‘rayev (Namangan).

Nazoratchi – F.Abdullayev (Toshkent).

Komissar – L.Qo‘chqorov (Toshkent).

 

“Qo‘qon-1912” – “Navbahor”

Qo‘qon shahri. Soat 18:00

Hakamlar: H. Ro‘ziyev (Toshkent), O. Abduvosilov (Toshkent), S. Shoyusupov (Toshkent), D. Akmalov (Toshkent)

Nazoratchi - R.Aytekov (Toshkent)

Komissar - M. Saidqosimov

 

 

 “Paxtakor” – “Neftchi”

Toshkent shahri. Soat 20:00

Hakamlar: A. Asimov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), T. Suyunov (Guliston)

Nazoratchi - K. Smirnov (Qarshi)

Komissar - R. Chernikov

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 17:34, 31.03.2018.
O'qildi: 1740 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.