Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Superliga: «Qo‘qon-1912» o‘z maydonida «Navbahor»ni mag‘lub etdi

Superliga: «Qo‘qon-1912» o‘z maydonida «Navbahor»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

O‘zbek futboli vatani bo‘lmish Qo‘qonda yangi mavsum ochilishi haqiqiy bayramga aylanib ketdi. “Qo‘qon-1912” – “Navbahor” uchrashuvi boshlanishidan oldin tashkil etilgan ochilish marosimi futbol muxlislarida olam-olam taassurot qoldirdi.

Marosim avvalida namoyish etilgan O‘zbekistonga futbolining kirib kelishi qanday bo‘lgani to‘g‘risidagi sahna ko‘rinishi muxlislar uchun unutilmas bo‘ldi.

Estradamiz yulduzlari tomonidan tashkil etilgan konsert dasturi ham stadionga yig‘ilgan minglab muxlislarga xushkayfiyat baxshida etdi.

Konsert dasturi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tohir Sodiqov o‘z chiqishlari bilan boshlandi. Undan keyin estradamiz yulduzlari Ziyoda Qobulova, Jahongir Poziljonovlar ham o‘z chiqishlari bilan davrani qizitib borishdi.

Ochilish marosimini taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev olib bordi.

Ochilish marosimida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise-prezidenti  Umid Ahmadjonov va Qo‘qon shahar hokimi Rahmatali Jalilov ishtirok etishdi va yangi mavsumni ochib berishdi.

O‘yindan oldin “Qo‘qon-1912” klubi prezidenti Baxtirjon Tolipov O‘FAning maxsus sovrini bilan taqdirlandi.

Uchrashuv yaqinda vafot etgan qanot hakami Vladlen Lushinning xotirasiga bag‘ishlab bir daqiqalik sukut bilan boshlandi.

O‘yin ilk daqiqalardan shiddatli hujumlar bilan boshlandi. Vakillarimiz birinchi daqiqalardan oldinga tashlanishdi.

25-daqiqada hisobni ochishga yaqinlashgandik. Biroq Suhrob Berdiyevning boshi bilan bergan zarbasi darvoza yonganisidan o‘tib ketdi. Qolgan daqiqalarda ham futbolchilarimiz hujumkor o‘yin namoyish etishdi.

37-daqiqada mehmonlarda yaxshi imkoniyat vujudga keldi. O‘tkir Yusupov jamoamizni muqarrar goldan saqlab qoldi.

Tanaffusga jamoalar nursiz durang bilan chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘lim xuddi birinchisi kabi shiddatli boshlandi. Vakillarimiz ilk daqiqalardan hujumga zo‘r berishdi. O‘z navbatida mehmonlar ham qarshi hujumda xavfli vaziyatlarni yaratib turishdi.

Umuman olganda, butun uchrashuv davomida futbolchilarimiz mehmonlar darvozasi oldida xavfli vaziyatlardan yaratishdi. Lekin ulardan foydalana olishmadi.

76-daqiqada vakillarimiz hisobni ochishdi.  Tomislav Payovich hujumchi qaytarish chog‘ida  o‘z  darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi.

Qolgan daqiqalarda har ikki jamoa harchand o‘rinmasin, uchrashuvdagi hisob o‘zgarmadi. Shu tariqa, “Navbahor”ning chempionatdagi mag‘lubiyatsiz seriyasiga barham berildi. Jamoamiz esa mavsumdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

SUPERLIGA. 4-TUR

«Qo‘qon-1912» – «Navbahor» – 1:0 (0:0)

Hakamlar: H. Ro‘ziyev (Toshkent), O. Abduvosilov (Toshkent), S. Shoyusupov (Toshkent), D. Akmalov (Toshkent)

Nazoratchi: R.Aytekov (Toshkent)

Komissar: M. Saidqosimov.

Gol: Timoslav Payovich-76.

Qo‘qon-1912: 1. O‘tkir Yusupov, 5. G‘iyos Komilov, 7. Jamshid Hasanov  (96. Muhammadanas Hasanov-46), 10. Javohir Sidiqov, 19. Suhrob Berdiyev (9. Nosir Otaqo‘ziyev-74), 22. Murod Xolmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 29. Igor Taran (17. Quvondiq Ro‘ziyev-46), 55. Darko Gojkovich, 65. Marko Milich, 95. Milan Spremo.

Zaxira: 21. Muzaffar Abdullayev, 14. Avaz Mamatxo‘jayev, 15. Oybek Rustamov, 18. Bahodir Pardayev, 97. Muslim Qurbonov, 41. Saveliy Abramov.

Navbahor: 1. Botirali Ergashev, 6. Oston O‘runov (15. Azamat Allaniyozov-82), 9. Dilshod Jabborov, 10. Aziz Turg‘unboyev, 12. Nenad Inas (8. Abyuxon Nu’monov-72), 19. Mirzohid G‘ofurov, 21. A’zam Aliyev, 24. Davron Hoshimov, 32. Jahongir Mehmonov (17. Sardor Sulaymonov-78), 33. Timoslav Payovich, 44. Darko Stanoyevich.

Zaxira: 45. Akbar To‘rayev, 11. Zoxir Pirimov, 14. Ilhom Boydadayev, 23. Bexruz Sadilloyev, 27. Ravshan Do‘stmatov, 68. Mirzohid Mamatxonov.

Manba: www.kokan1912.uz
Kiritildi: 20:44, 31.03.2018.
O'qildi: 3398 marta.
Fikrlar: 29 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.