Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Futbol olamidagi eng benazir besh brend

Futbol olamidagi eng benazir besh brend

Baho:
+ | -

7 milliarddan ko‘proq kishiga boshpana bo‘lib turgan sayyoramizdagi 200tadan ortiq mamlakatdan chamasi 150tasi o‘zini «Futbol saltanati» maqomida ko‘radi.

Shuncha davlatda naq 250 million futbolchi professional darajada faoliyat yuritmoqda. Shuning o‘zi millionlar o‘yini hamon eng ommaviy sport turi ekanligidan dalolat. Ulkan armiyaga qiyos chempionatdagi har bir jamoa qaysidir jihati bilan raqiblaridan ajralib turishga intiladi.

Hattoki, futbolchilar ham o‘z kasbdoshlaridan farqlanishni istashadi. Bu holatni hattoki, ko‘cha futbolida ham kuzatish mumkin. Ana shu tabiiy va zaruriy intilish sport olamiga bir qator yirik kompaniyalarni kirib kelishiga yo‘l ochdi.

Albatta, mashhur firma va korporasiyalar sportga umuman aloqasi yo‘q kishilarga ham yaxshi tanish. Lekin ularning qay tariqa tuzilganiyu, asosiy yo‘nalishlari haqida hamma ham yetarli ma’lumotga ega emas.

1. ADIDAS

«Adidas» - sport kiyim-kechaklari va poyafzallarini ishlab chiqarish yo‘nalishi bo‘yicha Yevropaning yetakchi, dunyoning esa ikkinchi yirik kompaniyasi. Shuningdek, uning tamg‘asi ostida chiqariladigan ommabop oyoq kiyimlari, ko‘ylak, palto, sumka, quyoshdan muhofaza qiluvchi ko‘zoynaklar kabi qo‘shimcha yordamchi mahsulotlar ham a’lo sifati bilan ajralib turadi.

Umuman, «Adidas» mahsulotlarining bejirimligi va foydalanishga qulayligi - muvaffaqiyatli biznes garovi. Ayni kunda bu isbot talab qilmaydigan tushunchadir. Yordamchi mahsulotlar, ya’ni aksessuarlar esa ayniqsa, yoshlar o‘rtasida firmaga nisbatan qiziqishni oshiradi.

Tarixi. «Adidas» mahsulotlari orasida 1965 yildan buyon ishlab chiqarishdan chiqib ketmayotgan poyafzallar eng xaridorgiri hisoblanadi. Xususan, o‘sha yili tayyorlangan, lekin bozorga 1973 yildan e’tiboran chiqarilgan Stan Smith krossovkalarining nufuzi juda baland.

Bundan tashqari, Germaniya firmasi dunyoning yetakchi klublari va futbol yulduzlari hayotida muhim rol o‘ynaydi, ular bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga alohida yondashadi. Misol uchun, yaqinda futbol olamining bosh yulduzlaridan biri Lionel Messi «Adidas» bilan muddati cheklanmagan (bir umrlik) shartnoma tuzgani e’lon qilindi.

2. NIKE

Nike - ko‘p millatli Amerika korporasiyasi. U asosan sport poyafzallari, kiyim-kechaklar, anjomlar va aksessuarlarni loyihalash, ishlab-chiqarish, sotish bilan shug‘ullanadi. Bu brend ayniqsa, sport anjomlari yo‘nalishida yetakchi mavqega ega.

Mahsulot sifatining kun sayin oshib borayotgani xaridorlarning firmaga nisbatan yuksak hurmatini ta’minlamoqda. 2012 yili Nike tarixida muhim ahamiyat kasb etdi - kompaniyaning yillik daromadi 24,1 milliard dollarni tashkil qildi.

Turli mamlakatlardagi bo‘limlarida 44000 ishchi-xizmatchi ishlashi - Nikening chinakamiga keng quloch yoyganidan dalolat. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yili kompaniya zamonaviy futbolning boshqa bir yorqin yulduzi - Krishtianu Ronaldu bilan qiymati naq 1 milliard dollarga teng shartnomani rasmiylashtirdi.

Tarixi. Blue Ribbon Sports (BRS) nomi ostida faoliyat boshlagan korxonaga 1964 yilning yanvarida Oregon shtati universiteti talabasi, sportchi Fil Nayt hamda uning murabbiyi Bil Bouerman tomonidan asos solingan. Qizig‘i shundaki, o‘sha davr Nayt universitetda tahsil olish bilan birga Yaponiyaning Onitsuka Tiger poyafzal korxonasida mahsulotlarni yetkazib beruvchi sifatida ishlardi. U asosan katta trassalar chetida turib, shaxsiy avtomobilida olib kelgan poyafzallarni sotish bilan shug‘ullanardi.

3. PUMA

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 22:00, 01.04.2018.
O'qildi: 8232 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.