Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/07 23:59 Angliya 1-2 Argentina
16/07 20:00 Neftchi - Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor - Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona - Xorazm
17/07 20:00 Navbahor - OKMK
17/07 20:00 Mash’al - Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor - Lokomotiv

“Lokomotiv” “Al Vahda” bilan o‘yinni oq-yashil-oq libosda o‘tkazadi

“Lokomotiv” “Al Vahda” bilan o‘yinni oq-yashil-oq libosda o‘tkazadi

Baho:
+ | -

Bugun, Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu Dabidagi “Grand Millennium Al Wahda” majmuasida Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqich 5-tur o‘yinlari doirasidan o‘rin olgan “Al Vahda” – “Lokomotiv” uchrashuvi oldidan har ikki jamoa rasmiylari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Unda uchrashuv tashkiliy masalalari muhokama qilindi.  Shuningdek, ertangi o‘yinda qaysi jamoa qanday rangdagi libosda maydonga chiqishi aniqlab olindi.  Unga ko‘ra, “Lokomotiv” bu safar oq-yashil-oq formadan foydalanadigan bo‘ldi.  Jamoamiz darvozaboni esa qora rangli forma, binafsharang shorti va getri kiyadigan bo‘ldi.  Mezbonlar esa o‘zlarining an’anaviy qizg‘ish rangdagi formasida maydonga chiqishadi. Formaning pastki qismi va getrilar qora rangda bo‘ladi. “Al Vahda” darvozaboni esa to‘liq ko‘k rangli libos kiyadi.

Eslatib o‘tamiz,  “Al Vahda” – “Lokomotiv” uchrashuvi ertaga, 3 aprel sanasida bo‘lib o‘tadi.  O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 20:10da start oladi.

Manba: www.lokomotiv.uz
Kiritildi: 15:01, 02.04.2018.
O'qildi: 3105 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик