Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Andrey Miklyayev: Guruhdan chiqish uchun oldindagi uchrashuvlarni yutishimiz shart

Andrey Miklyayev: Guruhdan chiqish uchun oldindagi uchrashuvlarni yutishimiz shart

Baho:
+ | -

Ertaga “Lokomotiv” Osiyo Chempionlar Ligasi 2018 yilgi mavsumi guruh bosqich 5-tur o‘yinlari doirasida BAAning “Al-Vahda” jamoasi bilan bahs yuritadi.

Bugun mazkur o‘yin oldidan har ikki jamoa ustozlari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda “temiryo‘lchilar” jamoasi ustozi Andrey Miklyayevga mahoratli futbolchi Nivaldo hamroxlik qildi va jurnalistlarning savollariga javob berdi:

"Bizni oldinda juda murosasiz uchrashuv kutib turibdi. Zero keyingi bosqich masalasini allaqachon ijobiy hal qilishga ulgurgan “Ad-Duhayl”dan tashqari qolgan 3ta jamoada ham hamon nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoni mavjud. Shu boisdan “Al-Vahda” ham ertangi o‘yinda g‘alabani qo‘lga kiritish maqsadida o‘ynaydi. Biroq biz ham Abu Dabiga 3 ochkoni ko‘zlagan holda keldik. Keyingi bosqichga chiqish uchun bizdan oldindagi ikkala qolgan o‘yinni ham yutish talab etiladi. Jamoamiz mazkur bellashuvga jiddiy hozirlik olib bordi.

Bilasizmi, biz Chempionlar Ligasini juda muvaffaqiyatli boshlagandik. Biroq keyingi o‘yinlarda kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo‘ydik. Lekin yutkazgan uchrashuvlarimizda ham jamoamiz yomon o‘yin ko‘rsatmadi. Faqatgina omad raqib tarafida bo‘lgani uchun ham mag‘lub bo‘ldik, xolos. Bundan buyon yutkazishga haqqimiz yo‘q. Jamoamiz ishqibozlarining ishonchini oqlash uchun ham ertaga maydonda bor kuchimiz bilan harakat qilamiz va uyga 3 ochko bilan qaytishga urinamiz", – dedi tajribali mutaxassis.

– “Al-Vahda” – yaxshi shakllangan jamoa. Biroq raqibga hurmat saqlagan holda aytishim lozimki, ertangi o‘yinda biz faqat va faqat g‘alaba haqida o‘ylayapmiz. Zero, bundan o‘zga choramiz ham yo‘q. Keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun 3ta jamoa o‘rtasida juda murosasiz bahs borishiga aminman. Umid qilamanki, ertaga maydonda chiroyli va mazmunli o‘yin namoyish etgan holda nimchorak finalga chiqish imkoniyatlarimizni saqlab qolamiz, – dedi Nivaldo.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 23:05, 02.04.2018.
O'qildi: 4346 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик