Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

YECHL. «Sevilya» – «Bavariya» uchrashuv prevyusi

YECHL. «Sevilya» – «Bavariya» uchrashuv prevyusi

Baho:
+ | -

Bugun Yevropa chempionlar ligasining chorak final o‘yinlariga start beriladi. Seshanba kuni Sevilya shahridagi "Ramon Sanches Pisxuan" stadionida ham qiziqarli o‘yin bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Unda "Sevilya" klubi Germaniyaning "Bavariya"sini mehmon qiladi.
www.uzreport.news sayti bo‘lajak o‘yin oldidan qisqacha prevyuni e’tiboringizga havola etadi.

3 aprel 2018 yil. Soat 23:45. Ispaniya. Sevilya. "Ramon Sanches Pisxuan" stadioni.

Chempionlar ligasi. 1/4 final. Birinchi o‘yin.

"Sevilya" (Sevilya, Ispaniya) - "Barariya" (Myunxen, Germaniya)

Qaysi kanalda tomosha qilish mumkin: "FUTBOL TV"

Diskvalifisiyalar:  Ever Banega ("Sevilya")

Jarohatlar: Manuel Noyer, Kingsli Koman

 

"Sevilya" klubi mazkur bahsdan oldin Ispaniya chempionati doirasida ajoyib o‘yin namoyish etdi. Andalusiyaliklar o‘z stadionlarida "Barselona"ni sal qolsa La Ligada ushbu mavsumdagi ilk mag‘lubiyatiga sababchi bo‘lishlari ham mumkin edi. Biroq so‘ngi daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan gol "Sevilya"ni g‘alabadan ayirdi. Biroq muxlislar juda ham qiziqarli o‘yin guvohiga aylanishdi. Ikkala klub birgalikda jami 41ta zarba berishga muvaffaq bo‘ldi.

Chempionlar ligasida esa Vinchenso Montella shogirdlari bir necha hafta muqaddam "Manchester Yunayted"ni musobaqadan chiqarib yuborishdi. Ispaniyada durang o‘ynagan andalusiyaliklar safarda "Old Trafford" stadionida raqibini taslim etdi. Vissam Ben Yedderning dubli "Sevilya"ni chorak finalga olib chiqdi. O‘sha o‘yinda "Sevilya" futbolchilari raqib darvozasiga naqd 21ta zarba berishga ham muvaffaq bo‘ldi.

"Bavariya" esa bo‘lajak bahsdan oldin Bundesligada so‘ngi yillardagi asosiy raqibi "Borussiya D"ga qarshi kuch sinashdi. "Bir darvozaga bo‘lgan o‘yin"da myunxenliklar o‘z raqibini sharmanda qildi va dortmundliklarga javobsiz 6ta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu o‘yindan xech kim bunday natijani kutmagan edi. Qiziq tomoni birinchi taymning o‘zidayoq hisob 5:0 ko‘rinishiga kelib bo‘lgan edi. Shu tariqa, klub Bundesliga g‘olibligi uchun yana bir ishonchlik qadamni tashladi. "Bavariya" chempionlik uchun kurashda yana bir g‘alabani qo‘lga kiritsa muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtiradi.

Chempionlar ligasida esa "Qizil mashina" turkiyalik raqibi "Beshiktash"ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 8:1 hisobida mag‘lub etib, qiyinchiliksiz chorak finalga yetib keldi. Qiziq tomoni, turklar ham dortmundliklar singari "Bavariya"ga hujumkor o‘yinni taklif etishgan edi. 

 

Murabbiylar fikri:

Vinchenso Montella ("Sevilya" bosh murabbiyi) 

Bir yo‘la bir nechta turnirda yuqori saviyada o‘ynash, katta kuch yo‘qotilishiga olib keladi. Futbolchilar bunday paytda jismonan va ruhan toliqib qolishadi. Lekin men shunday holatda ekanimizdan mamnunman. Biz hali ketma-ket markaziy o‘yinlarda o‘ynashga ko‘nikmaganmiz. Endi esa buni o‘rganamiz. Jismoniy holatimizdan ko‘nglim hotirjam. Ishtiyoq ham yuqori darajada. Bunday paytda aql oyoqlarni boshqaradi.

"Bavariya" to‘p bilan harakatlanishni yoqtiradi va ko‘p gol uradi. Biz esa ularni bundan mosuvo etishimiz kerak. Hujumchilar? Luis Muriel bu mavsumda ancha o‘sdi. Biroq u hali o‘z ustida ishlashi kerak. 

Yupp Xaynkes ("Bavariya" bosh murabbiyi)

"Bavariya" o‘zining boy tarixida ko‘plab davlatlarning muxlislarga to‘la stadionlarda o‘ynagan. "Sevilya" muxlislari yaratadigan bunday muhit bizni zarracha ham qo‘rqitmaydi. Ishonchim komil, bu ikkala klub uchun ham katta tajrib maktabini o‘tab beradigan o‘yin bo‘ladi. Aynan shunday o‘yinlar uchun biz ter to‘kib mehnat qilamiz.

Biz hech qachon durang uchun o‘ynamaymiz. "Bavariya" doimo g‘alaba uchun maydonga tushadi. "Manchester Yunayted" bilan bo‘lgan voqeani eslab ko‘ring. 

Qiziqarli ma’lumotlar:

"Sevilya"

- Andalusiyaliklar o‘z faoliyatida ikkinchi bor bu bosqichda o‘ynashadi. Ohirgi marta ular 1957/58 yilgi mavsumda shu bosqichgacha yetib kelishgan va o‘shanda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 10:2 hisobida "Real"ga mag‘lub bo‘lishgan edi.

- "Sevilya" nemis klublariga qarshi o‘z maydonida so‘ngi uchta o‘yinda g‘alaba qozonib birortasida gol o‘tkazib yubormagan.

- So‘ngi marta "Sevilya" Germaniya klubi bilan 2014/15 yilda Yevropa ligasida "Borussiya Menxengladbax"ga qarshi bahs olib borib ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 4:2 hisobida zafar quchgan edi.

"Bavariya"

- Myunxenliklar chorak finalda qatorasiga 7 marta ishtirok etishmoqda. Bu klub rekordi hisoblanadi. 

- "Bavariya" chorak final bahslarida 18 marta zafar quchib, 10tasida mag‘lub bo‘lgan.

- "Bavariya" musobaqa Yevropa chempionlar ligasi deb nomlanganidan beri eng ko‘p chorak finalda o‘ynagan jamoa hisoblanadi. Germaniyaliklar 17 marta bu bosqichda qatnashishmoqda. ("Real", "Barsa" - 16 marta)

- "Qizil mashina"ning ispan klublariga qarshi statistikasi: 6 g‘alaba, 5 durang, 15 mag‘lubiyat.

Manba: www.uzreport.news
Kiritildi: 14:44, 03.04.2018.
O'qildi: 2191 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.