Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
01/01 22:30 Kristal Pelas - Fulhem
01/01 22:30 Liverpul - Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti

Tennis. "Devis Kubogi"da Pokistonga qarshi o‘ynaymiz

Tennis. "Devis Kubogi"da Pokistonga qarshi o‘ynaymiz

Baho:
+ | -

6-7 aprel kunlari tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "Devis Kubogi"ning Osiyo/Okeaniya mintaqasi birinchi guruhi, ikkinchi bosqich uchrashuvi doirasida safarda Pokistonga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Terma jamoamiz sardori Petr Lebed bahslarga Denis Istomin, Sanjar Fayziyev, Jo‘rabek Karimov, Humoyun Sultonov, Farrux Do‘stov kabi tennischilarni jalb etgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Pokiston terma jamoalari bungacha ikki marotaba to‘qnash kelganlar va ularning har ikkisida ham vakillarimiz g‘alaba qozonishgan. 1996 yil Pokistonda o‘tkazilgan bahsda terma jamoamiz 5:0 hisobida ustun kelgan bo‘lsa, 1999 yili Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuvda hamyurtlarimiz 4:1 hisobidagi g‘alabani tantana qilishgan.

O‘zbekiston terma jamoasi ushbu bahslarda g‘alaba qozona olsa, jahon guruhiga qo‘shilish uchun o‘tkaziladigan pley-off o‘yinlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 10:09, 04.04.2018.
O'qildi: 1998 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.