“Manchester Siti” bugun YECHL 1/4 finali doirasida “Liverpul”ga qarshi birinchi o‘yinini o‘tkazadi.
“Shaharliklar” mazkur o‘yindan oldin jiddiy yo‘qotishga uchradi. Ya’ni jamoa hujumchisi Serxio Aguero tizzasidan olgan jarohati sababli bugungi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.