Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

O‘FAda muxlislarni stadionga yanada ko‘proq jalb qilish borasida yig‘ilish o‘tkazildi

O‘FAda muxlislarni stadionga yanada ko‘proq jalb qilish borasida yig‘ilish o‘tkazildi

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston futbol assosisasiyasida Superliga klublari va stadionlar direktorlari hamda viloyat futbol federasiyalari vise-prezidentlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Kun tartibidan Superliga uchrashuvlarini tomosha qilish uchun stadionlarga yanada ko‘proq muxlislarni jalb qilish, yaqinda start oladigan Pro-liga o‘yinlarining ochilish marosimlarini bayramona ruhda o‘tkazish kabi masalalar o‘rin oldi.

Yig‘ilish avvalida Superliga uchrashuvlarini tomosha qilish uchun stadionlarga kelayotgan muxlislar uchun barcha shart-sharoitlar muhayo qilishini zarurligi, muxlislar futbolga xuddi bayramga kelgandek oila a’zolari bilan birga tashrif buyurishlari va stadiondan katta zavq bilan chiqib ketishlari kerakligi O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov tomonidan alohida topshiriq berilgani ta’kidlab o‘tildi. O‘yinlar tomoshabinlar bilan to‘la stadionlarda o‘tadigan bo‘lsa bu holat maydonda to‘p surayotgan futbolchilarga ham ta’sir ko‘rsatib, o‘yinlar shiddati va jozibasi yanada oshishi tilga olindi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Professional futbol ligasi direktori o‘rinbosari Mirsardor Alimov O‘FA va PFL tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida Superliga o‘yinlariga avvalgi mavsumga qaraganda sezilarli ravishda ko‘p muxlislar tashrif buyurayotgani, bu esa muxlislar o‘rtasida o‘zbek futboliga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganidan darak berishi haqida aytib o‘tdi. Ammo shunga qaramay stadionlarga ishqibozlarni yanada ko‘proq jalb qilish, Superliganing har bir o‘yinida stadionlar to‘lishini, stadionda bayramona muhit hukmronlik qilishi uchun yana qator chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi haqida aytib o‘tdi. Bu borada tayyorlangan maxsus taqdimot yig‘ilganlarga namoyish qilinib, stadionlarga kelayotgan muxlislar orasida muxlislik madaniyatini shakllantirish borasida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar haqida tushuntirish berildi.

Shuningdek, stadionlarda yegulik va ichimliklar sotuvini yo‘lga qo‘yish borasida katta tajribaga ega kompaniyalar bilan shartnomalar tuzish, klubning ramzlari tushirilgan kepka, futbolka, ruchka, bloknot, sharf kabi turli atributikalarining sotuvini yo‘lga qo‘yish, ayniqsa, kichkina bolakaylarga mo‘ljallangan klub liboslarini ko‘paytirish kerakligi izohlandi.

Bu borada “Navbahor” futbol klubi tomonidan amalga oshirilgan ishlar boshqa klublarga ham namoyish etildi va bu borada batafsil ma’lumot berildi.

Muxlislarni stadionlarga jalb qilishda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Yoshlar Ittifoqi, “Mahalla” xayriya jamg‘armasi va “O‘zbekturizm” bilan hamkorlikda ish olib borishga ham alohida ahamiyat qaritildi. Jumladan, yurtimizdagi maktabgacha ta’lim muassasalari katta guruhlari va o‘rta maktablarning 1-4-sinf o‘quvchilari uchun stadionlarga ekskursiyalar uyushtirish, stadionlarda jajji bolakaylar uchun qo‘shimcha attraksionlar barpo qilish zarurligi ma’lum qilindi. Bundan tashqari, Oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan talabalar talabalik guvohnomalarini ko‘rsatgan holda stadionlarga bepul tashrif buyurishlarini yo‘lga qo‘yish ham ta’kidlab o‘tildi. Chet ellardan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar uchun stadionlarimizga turlar uyushtirish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, ikki kundan keyin boshlanadigan Pro-liga uchrashuvlarining ochilish marosimlarini ham xuddi Superliga o‘yinlari ochilish marosimlari kabi bayramona ruhda o‘tkazish, uchrashuvlardan avval turli dasturlar tayyorlash borasida fikr almashildi.

Yig‘ilish so‘nggida klublar va stadionlar direktorlari kun tartibidagi maslalar yuzadigan o‘z taklif va mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 23:06, 04.04.2018.
O'qildi: 4312 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик