Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor - Dinamo
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Neapol yoqimtoyi – Dris Mertens

Neapol yoqimtoyi – Dris Mertens

Baho:
+ | -

1992 yil o‘tib borardi. Besh yashar Dris Mertens kunduzgi sayrini nihoyasiga yetkazardi. Uyga qaytish oldidan uning ota-onasi futbol maydoniga kirishdi. Oradan 26 yil o‘tdi, ammo Drisning yodidan bu voqea ko‘tarilmagan:

«Mashg‘ulotlar va bolalarning harakatlari menga shu qadar yoqdiki, o‘zimni darrov akamning oldida ko‘rdim. Ota-onamdan qochib, murabbiy oldiga bir necha marta bordim va undan menga to‘p berishini iltimos qildim.

Ertasi kuni yana o‘sha maydonga bordim va akam bilan mashg‘ulotlarda qatnasha boshladim».

Mertens butun bolaligi davomida o‘zidan katta yoshdagi bolalarga qarshi to‘p surdi. Hovlida Drisni eng yaxshi o‘yinchi deb bilishardi, ammo belgiyalik «Anderlext» akademiyasiga o‘qishga kirgach, barchasi o‘zgardi.

«Men jamoadagi unchalik ham iqtidorli bo‘lmagan bolalar safida edim. Aksariyat tengdoshlarim ajoyib faoliyatni amalga oshirish imkoniga ega edilar, ammo erta yulduzga aylanganlari bois, darhol bosh jamoa tarkibidan o‘rin olishni istadilar».

16 yoshga to‘lganida Mertens «Anderlext» akademiyasini tark etdi: murabbiylar uni «kelajagi yo‘q futbolchilar» safiga qo‘shishdi. Ko‘pchilik Drisning faoliyati nihoyasiga yetdi, deb hisoblardi, lekin uning o‘zi emas.

«O‘zimni «Anderlext»ning ko‘pchilik yoshlari kabi o‘ta iqtidorli sanamaganim sababli uchinchi divizionda to‘p surishni sharmandalik deb bilmadim».

«Anderlext» murabbiylar shtabi ko‘pchilikni professional futbolchi deb sanar, biroq ular orasida Mertens yo‘q edi. 2010 yili ular iqtidorsiz deb topgan shogird­lari

Gollandiyaning «Utrext» klubi bilan shartnoma tuzganida, qanchalik taajjubga tushishganini tasavvur qilish qiyin emasdi. O‘sha jamoada Dris ilk marta Neapol bilan tanishdi: «Klubimiz Yevropa Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va qur’a natijasiga ko‘ra, biz «Napoli»ga qarshi o‘ynashimiz kerak edi.

Neapolning go‘zalligidan, odamlarining ochiqko‘ngilligidan hayratda qoldim, ammo u yerda bir necha kungina bo‘lganimiz bois shahardan to‘la qoniqish ololmadim».

2013 yili Mertens shahar bilan yaqindan tanishish maqsadida tavakkalga qo‘l urdi. O‘shanda RFPLning bir nechta klubi unga taklif bilan chiqdi. Shu bois qanchadir vaqt Dris chuqur xayollar og‘ushida yurdi.

«Turmush o‘rtog‘im bilan Neapol bo‘ylab sayohatga chiqish va buning yordamida shahar aholisi qanchalik yaxshi yashashini bilmoqchi bo‘ldik.

Do‘stlarim u yer bezorilarga to‘laligi, ko‘chalar axlat uyumiga to‘lib yotishini aytib, bu safardan bizni bezdirmoqchi ham bo‘lishdi». Lekin Mertensga Neapol shu darajada yoqib qolgandiki, barcha pul keltiradigan variantlarni chetga surib qo‘ydi.

«Napoli»da Dris darhol Insinye bilan do‘stlashib oldi, lekin birgina muammo bor edi - ular asosiy tarkibdan joy olish uchun raqobatchiga ham aylanishgandi.

Natijada bu narsa ularning o‘zaro munosabatlarida ayrim ko‘ngilsizliklarni ham keltirib chiqarardi. Mana shunday mayda ko‘ngilsizliklardan biri 2016 yilning oxirlarida yuz berdi. «Napoli»ning markaziy forvardi Arkadiush Milik jiddiy jarohat olib, mavsum oxirigacha safdan chiqdi.

Gonsalo Iguainning jamoani tark etgani hamda Manolo Gabbyadinining nostabil harakatlaridan kelib chiqib, neapolliklar bosh murabbiyi unchalik ham ishonchli bo‘lmagan ishga qo‘l urdi, ya’ni Mertens qanotdan hujum markaziga o‘tkazildi.

Ko‘pchilikni Drisning baland bo‘lmagan bo‘yi xavotirga solardi, belgiyalikning o‘zi ham bu qarorga unchalik ishon­qiramay qarardi: «Hatto bolalar jamoalarida ham hech qachon markaziy hujum chizig‘ida o‘ynamagandim.

Ko‘pincha markaziy tayanch himoya­sida to‘p surardim. Keyinroq mendan vinger sifatida foydalanishdi, Neapolda esa ilk bor markaziy forvardga aylandim».

Natijada, bu tajriba Sarrining yo‘qotilgan vaqt bo‘yicha afsuslanishiga sabab bo‘ldi. «Biz Mertens timsolida markaziy forvardni 28ga to‘lganidagina kashf qildik. Agar bu ishni ertaroq amalga oshirganimda, jahon futboli yangi superyulduzni ko‘rishi tayin edi.

Drisni markazga o‘tkazish bo‘­yicha qaror qabul qilganimda esa, hatto o‘zim ham u Messi va Ronalduday raqib darvozasini birin-ketin zabt etishini o‘ylamagandim», - deydi «Napoli» ustozi.

Mertensning o‘zi esa fanatlar orasida qanchalik mashhur bo‘la boshlaganini darrov his qildi. Uning aytishicha, hozir 85 yoshli qo‘shni ayol ham uning navbatdagi goli yoki muvaffaqiyatli taktik o‘rin almashgani bilan tabriklash uchun uyiga tashrif buyurmoqda.

«U bilan futbol to‘g‘risida gaplashganimda quloqlarimga ishongim kelmasdi. Neapolda hamma uxlab, taomlanib, faqat futbolga borar ekan. Bu yerda hamma joyga nisbatan sportning bu turiga mehr anchagina baland va bu menga juda ham yoqadi».

Bir payt­lari Leo Messi ma’lum bir bahsni nihoyasiga yetkazib qo‘yishga imkon bermayotgani sababli Pep Gvardioladan xafa bo‘lardi - hech bo‘lmasa muxlislar hurmati uchun. Endi esa Mertens bu borada argentinalik bilan bir darajada turibdi.

O‘tgan yilning oktyabrida Maurisio Sarri Belgiya termasi bosh murabbiyidan Mertensni JCH saralash o‘yinlariga chaqirmay turishni so‘ragandi. O‘sha paytda bu yurt bosh jamoasi muddatidan avval mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.

Bundan xabar topgan Dris darrov qarshilik bildirdi. Uning uchun jarohat olishdan qo‘rqish hissi va ikkinchi darajali o‘yinlar yo‘q. Muhimi - maydonda futbol o‘ynasa, bas.

Mertens itlarni ham xuddi futbolni sevganday yaxshi ko‘radi. Bo‘sh paytlarida doimo Neapoldagi itxonaga borib turadi va lozim bo‘lganda, moddiy yordamni ham ayamaydi. Dris ko‘chada egasiz yurgan it yonidan ham shunchaki o‘tib ketolmaydi, Ularni o‘zi bilan olib itxonaga topshirishni vazifasi deb biladi.

«Itlarga sen mashhur futbolchimisan yoki oddiy ishchi, aslo farqi yo‘q. Ular jahondagi eng sadoqatli hayvonlardir va shu bois itlarni sevaman». Yaqinda «Roma»ga qarshi o‘yinda Mertens navbatdagi golini jonivorlarga xos tarz­da nishonlab, uni kuchugiga bag‘ishladi.

Dris xudbin emas. U kambag‘al kvartallarga borishdan, nochor insonlar davrasida ovqatlanishdan uyalmaydi. «Oddiylikni, atrofdagilarga qu­vonch ulashishni yoqtiraman. Pissaxonaga kirib, devorga ilingan suratimni ko‘rganimda menda faxr tuyg‘usi uyg‘onadi. Bunday vaziyatlarda shahar uchun qandaydir foydali yumush bilan shug‘ullanayotganday sezaman o‘zimni».

Yozda «Arsenal» va «Real» Mertensga munosib shartnoma taklif etishga tayyor edilar, biroq Dris bu takliflarni birgina maqsad sababli keyinga surishni lozim deb topdi - Neapolga Skudettoni sovg‘a qilish uchun. So‘nggi 30 yildagi ilk sov­rinni.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 17:33, 05.04.2018.
O'qildi: 1930 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.